Bojxona qiymati – O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq belgilanadigan va bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir.
Bojxona qiymati o‘tkaziladigan bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona organiga deklarant tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda ma’lum qilinadi (deklaratsiyaga kiritiladi).
Bojxona qiymatini aniqlash to‘g‘ri va hujjatlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlarga asoslanishi lozim.
Tovar uchun bojni hisoblab chiqarish, to‘lash va undirish uning bojxona qiymati asosida O‘zbekiston Respublikasining Bojxona Kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Boj O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetiga o‘tkaziladi.
Bojxona bahosi - O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar qiymatini bojxonada aniqlashning qonun hujjatlariga muvofiq qo‘llaniladigan usullari tizimidir.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
7.2
Bojxona to‘lovlarining turlari.
Boj - O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib o’tilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladigan to’lov.
O’zbekiston Respublikasi “Bojxona kodeksi”ning 292-moddasi.
O‘zbekiston Respubliksi bojxona hududidan tovar va transport vositalarni o‘tkazishda bojxona to‘lovlari undiriladi.
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to‘lovlari to‘lanadi:
bojxona boji;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aktsiz solig‘i;
bojxona yig‘imlari.
qonun hujjatlarida boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkin.
Bojxona bojlarining va soliqlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. (Bojxona Kodeksi 289-modda )
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘i solinadi.
Tovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari to‘langan boj, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘i summalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi “Bojxona Kodeksi”ning 290-moddasi.
Bojxona bojlariga import, eksport, alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) va mavsumiy bojxona bojlari kiradi.
Import bojxona boji tovar bojxona hududiga olib kirilayotganda to‘lanadi.
Eksport bojxona boji tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda to‘lanadi.
Alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) bojxona bojlari qonun hujjatlarida belgilangan O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Mavsumiy bojxona bojlari tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va bojxona hududidan olib chiqishni tezkor tartibga solib turish uchun qo‘llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan bojxona bojlarining stavkalari qo‘llanilmaydi. Mavsumiy bojxona bojlarining amal qilish muddati ular belgilangan paytdan e’tiboran 6 oydan oshmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |