Bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik V


Dempingga qarshi bojlar quyidagi hollarda qo‘llaniladi



Yüklə 176,97 Kb.
səhifə3/10
tarix14.10.2023
ölçüsü176,97 Kb.
#155032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
7-mavzu

Dempingga qarshi bojlar quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
Tovarlar bojxona hududiga ularning olib chiqilgan davlatda ayni vaqtda amalda bo‘lgan real qiymatidan past narxda olib kirilsa, agar bunday olib kirish O‘zbekiston Respublikasining shunga o‘xshash tovarlarni ishlab chiqaruvchilariga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfini tug‘dirsa yoxud O‘zbekiston Respublikasida xuddi shunday tovarlar ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kengaytirishga to‘sqinlik qilsa;
Tovarlar bojxona hududidan uning O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda amalda bo‘lgan real qiymatidan past narxda olib chiqilayotgan bo‘lsa, agar bunday olib chiqish O‘zbekiston Respublikasining shunga o‘xshash tovarlarni ishlab chiqaruvchilariga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfi bo‘lsa yoxud O‘zbekiston Respublikasining ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida normal raqobat o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilsa.
Kompensatsiya bojlari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
“O‘zbekiston respublikasining bojxona hududiga ishlab chiqarish yoki olib chiqish paytida bevosita yoxud bilvosita subsidiyalardan foydalanilgan tovarlar olib kirilsa, agar bunday olib kirish o‘zbekiston respublikasining o‘xshash tovarlar ishlab chiqaruvchilariga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfi bo‘lsa yoxud o‘zbekiston respublikasida xuddi shunday tovarlar ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kengaytirishga to‘sqinlik qilsa;
Bojxona hududidan ishlab chiqarish yoki olib chiqish paytida bevosita yoxud bilvosita subsidiyalardan foydalanilgan tovarlar olib chiqilsa, agar bunday olib chiqish o‘zbekiston respublikasining manfaatlariga moddiy ziyon yetkazsa yoki yetkazish xavfi bo‘lsa”1.
Alohida bojlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tekshiruv natijalariga binoan qo‘llaniladi.
Alohida bojlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har bir holat bo‘yicha maxsus belgilanadi va ularning miqdori tekshiruv natijasida aniqlangan bahoni demping tarzida arzonlashtirishga, subsidiyalar va aniqlangan zarar miqdoriga mutanosib bo‘lishi kerak.

Yüklə 176,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin