BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH DAVRI VA UNING O’ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI KIRISH I BOB BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH
1.1 O’TISH DAVRINING MAZMUNI. BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH YO’LLARI.
1.2. O’ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISHNING TAMOYILLARI VA XUSUSIYATLARI.
1 3. BОZОR IQTISОDIYOTINING FAОLIYAT YURITISH TAMОYILLARI VA UNING DAVLAT TОMОNIDAN TARTIBGA SОLINISHI
II BOB IQTISODIYOTNING O’ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATI
2.1 RESPUBLIKADA BOZOR ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISH VA UNING ASOSIY YO’NALISHLARI.
2.2. DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH TAMОYILLARI
2.3 DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH Ma‘lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishning revolyutsion va evolyutsion yo’llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion yo’lini tanlab, birdaniga katta o’zgarishlar qilishni ma‘qul topdilar.
O’zbekiston esa o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to’ntarishlarsiz, itimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani ko’chaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qay‘iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi.
Mamlakatimiz Prezidenti ko’rsatib o’tdiki, “Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, ananalar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besunaqay rivojlantirishning mudhush merosiga barham berishga asoslanadi”.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta tamoyil asos qilib olingan:
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligining ta‘minlash;
2. O’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
3. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligini ta‘minlanishi;
4. Bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi deb ko’rsatib berilgandir. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o’zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy sohalarni, shu jumladan siyosiy, ma‘naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o’zgartirishni ham taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotinig boschiqma-bosqich, evolyutsion yo’li bilan o’tish haqidagi goya juda muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich bo’lishi Prezident I.Karimov asarlarida belgilab berilgandir.