ma’lumotlar “Pulli davolash va xizmatlar ko’rsatishdan”, “Homiy va donor
tashkilotlardan” va “Foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga
berishdan” qatorlari bo’yicha
alohida holda aks ettiriladi;
“1.6. Boshqa daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi
272 – “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” va 273 – “Inventarizatsiya
natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotlarining ma’lumot-lari aks
ettiriladi;
“1.7. Soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” qatorida joriy
yilda ta’lim muassasalaridagi to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha hamda budjet
tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari bo’yicha
hisoblangan soliq
va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar aks ettiriladi.
“Daromadlar (tushumlar) jami” qatorida barcha daromadlar
(tushumlar)ning yig’indisi aks ettiriladi.
“2. Xarajatlar” bo’limi bo’yicha:
“2.1. Budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi”
(308-shakl)dagi 231 – “Budjet mablag’lari bo’yicha haqiqiy xarajatlar”
subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;
“2.2. To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha
mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal
kitobi” (308-shakl)dagi 241 – “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”
subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;
“2.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal
kitobi” (308-shakl)dagi 251 – “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga
oshirilgan haqiqiy
xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;
“2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan
amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-
shakl)dagi 261 – “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks
ettiriladi;
“2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish
jamg’armasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida tibbiyot
muassasalari tomonidan “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)da-gi 261 – “Budjet
tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan
haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;
“2.6. Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal
kitobi” (308-shakl)dagi 271 – “Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy xarajatlar”
subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi;
“Xarajatlar jami” qatorida ko’rsatilgan barcha daromadlar (tushumlar)
hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarning yig’indisi aks ettiriladi.
“3. Moliyaviy natija” bo’limi bo’yicha:
“Joriy yilga moliyaviy natija” qatorida tashkilotning joriy yilga moliyaviy
natijasi, ya’ni, jami daromad (tushum) (080-qator)dan amalga oshirilgan haqiqiy
xarajatlar jami (150-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi.
“a) budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.1.
Budjetdan moliyalashtirish” (010-qator)dan “2.1. Budjet mablag’lari bo’yicha
haqiqiy xarajatlar” (090-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“b) to’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha
joriy yilga
moliyaviy natija” qatorida “1.2. To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar bo’yicha mablag’lar” (020-qator)dan “2.2. To’lovlarning max-sus
turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshi-rilgan
haqiqiy xarajatlar” (100-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“v) ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha
joriy yilga moliyaviy natija2 qatorida “1.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning
to’lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag’lar bo’yicha daromadlar” (030-
qator)dan “2.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan
tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (110-
qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“g) budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha
yakuniy moliyaviy natija” qatorida “1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish
jamg’armasi daromadlari” (040-qator)dan “2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish
jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (120-
qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“d) tibbiyot muassasalarini moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish
jamg’armasi bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.5. Tibbiyot
muassasalarini moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish jamg’armasi
daromadlari” (050-qator)dan “2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragbat-
lantirish va rivojlantirish jamg’armasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy
xarajatlar” (130-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“e) boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.6.
Boshqa daromadlar” (060-qator)dan “2.6. Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy
xarajatlar” (140-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“j) budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va
boshqa to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” qatorida “1.7.
Soliq va boshqa majburiy
to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” (070-qator) ma’lumotlari aks ettiriladi.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun
topshiriladigan balans bilan birga taqdim qilinadi.
Dostları ilə paylaş: