Budjet nazorati


-Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

4-Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul 
mablag’lari harakati to’g’risida hisobot. 
Mazkur hisobot tashkilotlar 
tomonidan hisobot davri mobaynida faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, 
xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlarni, vaqtincha 
foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan, 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko’rsatilgan 
homiylik (beg’araz) yordamlar hisobidan tushgan tushumlarni, shuningdek tejab 
qolingan va rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilgan budjet mablag’lari 
harakatini aks ettirish uchun tuziladi. 


Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari 
harakati to’g’risida hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar: 
-
hisobot choragi mobaynidagi faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, 
xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishga, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va 
davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishga, yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan budjet tashkilotlariga ko’rsatilgan homiylik (beg’araz) yordamlarga, 
shuningdek hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet 
mablag’lariga doir dastlabki hujjatlarni to’liqligini; 
-
(shaxsiy) hisobvaraqlardan olingan ko’chirmalarni va tegishli hisob 
registrlari ma’lumotlarini to’g’riligini tekshirib chiqadilar. 
“1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” qatoriga tegishli hisobvaraqlardan 
ko’chirmalarga muvofiq Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha 
hisobot yilining birinchi yanvar sanasiga mavjud pul mablag’lari qoldig’i aks 
ettiriladi. Bunda, g’aznachilik bo’linmalarining tegishli tranzit 
hisobvaraqlaridagi tashkilotga tegishli bo’lgan qoldiq mab-lag’lar ham hisobga 
olinishi lozim. 
“2. Hisobot davrida tushgan daromadlar – jami” qatorida “a”, “b”, “v” va 
“g” qatorlar bo’yicha hisobot davriga tushgan barcha daromadlar 
(tushumlar)ning yig’indisi ko’rsatiladi. 
“a) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan” qatorida 
faoliyat turi bo’yicha mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan 
olingan jami tushumlar (pul mablag’lari) ko’rsatiladi. 
“b) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa 
mulklarini ijaraga berishdan” qatorida vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni 
va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlar (pul mablag’lari) 
ko’rsatiladi. 
“v) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga 
ko’rsatiladigan homiylik (beg’araz) yordami hisobidan” qatorida budjet 
tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi hisobvarag’iga homiy tashkilotlardan 
hamda jismoniy shaxslardan tushgan homiylik yordamlari ko’rsatiladi. 
“g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet mablag’lari 
hisobidan” qatorida tejab qolingan va belgilangan tartibda budjet tashkilotining 
rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilgan budjet mablag’lari ko’rsatiladi. 
“3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami” qatorida 
“Kassa xarajatlari – jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi 
ko’rsatiladi. 
“4. Hisobot davri oxiriga pul mablag’i qoldig’i” qatorida “1. Yil boshiga 
pul mablag’i qoldig’i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida 
tushgan tushumlar – jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yigindisidan “3. 
Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari –jami” qatori bo’yicha aks 
ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko’rsatiladi. 


“Xarajatlar yoyilmasi”da Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi 
mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur 
hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, 
kichik moddalari va elementlari bo’yicha aks ettiriladi. 
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot 
choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin