-
tasdiqlangan
xarajatlar
smetalariga
belgilangan
tartibda
kiritilgan
o’zgartirishlarning Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi
yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr) (O’zbekiston
Respublikasi
qonun hujjatlari to’plami, 2010 yil, 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 294-
son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftariga (keyingi
o’rinlarda 294-shakl daftari deb yuritiladi) to’g’ri yozilganligini;
-
hisobot davri uchun budjetdan moliyalashtirilgan mablag’larni tasdiqlangan
xarajatlar smetalariga muvofiq holda (kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan
holda) amalga oshirilganligini (tegishli
memorial orderlar, 294-shakl daftari va
boshqa hisob registrlari asosida);
-
hisobot choragida amalga oshirilgan kassa xarajatlarining (G’aznachilik
bo’linmalari orqali amalga oshirilgan to’lovlarning) to’g’riligini (tegishli memorial
orderlar, 294-shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida);
-
haqiqiy xarajatlarning hisob registrlariga to’g’ri yozilganligini (tegishli
memorial orderlar va 294-shakl daftari ma’lumotlari asosida).
“Tasdiqlangan (aniqlangan) reja” ustuniga xarajatlar smetasiga
o’zgartirishlarni hisobga olgan holda belgilangan reja
iqtisodiy xarajatlar
tasnifining tegishli xarajat moddalari bo’yicha ko’rsatiladi.
“Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan” ustuni bo’yicha tashkilotlarga
budjetdan xarajatlar smetalariga muvofiq yil boshidan o’sib boruvchi tartibda
moliyalashtirilgan mablag’lar (294-shakl daftari ma’lumotlari asosida) xarajatlar
tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha
solishtiriladi. (4-guruhning xarajat moddalaridan tashqari).
Davlat budjetining g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlar ushbu ustun
bo’yicha yil boshidan o’sib boruvchi tartibda g’aznachilik bo’linmalari orqali
amalga oshirilgan to’lovlarni ko’rsatishlari kerak..
“Kassa xarajati-jami” ustunida tashkilotning budjet mablag’lari bo’yicha
depozit hisob raqamidan xarajatlar smetalarida ko’zda tutilgan maqsadlar uchun
o’tkazilgan mablag’lar yil boshidan o’sib boruvchi tartibda (294-shakl daftari
ma’lumotlari asosida) xarajatlar iqtisodiy tasnifining hisobot shaklida
keltirilgan
xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha solishtiriladi.
Davlat budjetining g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlar ushbu ustun
bo’yicha yil boshidan o’sib boruvchi tartibda g’aznachilik bo’linmalari orqali
amalga oshirilgan to’lovlarni ko’rsatadilar.
“Haqiqiy xarajatlar-jami” ustunida haqiqiy xarajatlar (Budjet bo’yicha) yil
boshidan o’sib boruvchi tartibda (294-shakl daftari ma’lumotlari asosida)
xarajatlar iqtisodiy tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va
moddalari bo’yicha solishtiriladi.
Budjet mablag’lari hisobidan sotib olingan asosiy vositalarga hisoblangan
eskirish summasi xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da
xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 «Asosiy vositalarni sotib olish» xarajat
moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo’yicha haqiqiy xarajatlar
sifatida aks ettirilishi kerak..
Bunda, budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan sotib olingan asosiy
vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summasi esa,
tegishli ravishda budjetdan
tashqari mablag’larning harakati to’g’risidagi hisobotlarda xarajatlar iqtisodiy
tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish”
xarajat moddasining
tegishli kichik modda va elementlari bo’yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks
ettiriladi.
Budjet tashkiloti bo’lmagan budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar
tomonidan budjetdan olingan mablag’larning ijrosi bo’yicha tuzilgan xarajatlar
smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining
tegishli moddalari, kichik moddalari va elementlari bo’yicha
amalga oshirilgan
kassa xarajatlaridan oshmagan holda haqiqiy xarajatlarni to’liq aks ettirilganligi
aniqlanishi kerak.
Asosiy xarajatlar smetasi bo’yicha moliyalashtiruvchi tegishli moliya
organiga mazkur hisobotlarning nusxalari ma’lumot uchun takdim qilinadi.
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) xarajatlar tasnifining
har bir bo’lim, kichik bo’lim va bobi bo’yicha alohida holda tuziladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy
hisobvaraqlaridagi) tejab qolingan va belgilangan tartibda
Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi hisob raqamiga o’tkazilgan budjet mablag’lari alohida
“Tejab qolingan va Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasiga
o’tkazilgan mablag’lar” (I - IV xarajat guruhlariga qo’shilmagan holda) qatorida
hisobot davrining kassa xarajatlari sifatida aks ettirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: