Budjet nazorati


-Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

5-Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot. 
Mazkur 
hisobotni tuzishdan oldin tibbiyot muassasalari: 
-
tibbiyot muassasasining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi mablag’larining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir 
birlamchi hujjatlarning to’liqligini; 
-
shaxsiy hisob raqamlardan olingan ko’chirmalarni va boshqa tegishli hisob 
registrlarini tekshirib chiqadilar. 
“1. Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” qatorida tegishli hisobvaraqlarning 
hisobot yilining birinchi yanvar sanasidagi ko’chirmalariga asosan Tibbiyot 
muassasasining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha 
pul mablag’lari qoldig’i aks ettiriladi. Bunda, tibbiyot muassasalariga tegishli 
bo’lgan g’aznachilik bo’linmalaridagi tranzit hisobvaraqlaridagi tegishli pul 
mablag’lari qoldig’ini ham hisobga olish lozim. 
“2. Hisobot davrida tushgan daromadlar – jami” qatorida “a”, “b”, “v”, “g” 
va “d” qatorlar bo’yicha hisobot davriga tushgan barcha daromadlar 
(tushumlar)ning yig’indisi ko’rsatiladi. 
“a) tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan umumiy budjet mablag’larining 
5 foizi hisobidan” qatorida tibbiyot muassasasi uchun budjetdan ajratiladigan 
umumiy mablag’larning (xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan jami 
mablag’larning) 5 foizigacha bo’lgan qismining muassasaning mazkur 
jamg’armasiga o’tkazilgan summalari ko’rsatiladi. 
“b) homiylar va donor tashkilotlardan” qatorida homiy va donor 
tashkilotlardan tushgan homiylik yordamlari ko’rsatiladi. 
“v) pulli davolash va xizmatlar ko’rsatishdan” qatorida tibbiyot 
muassasalarining pulli davolash va xizmatlar ko’rsatishdan tushgan mablag’lari 
ko’rsatiladi. 
“g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet 
mablag’lari” qatorida qonun hujjatlariga muvofiq ko’rsatilgan jamg’armaga 
o’tkazilgan tejab qolingan mablag’lar summasi ko’rsatiladi. 
“d) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa 
mulklarini ijaraga berishdan” qatorida tibbiyot muassasalari vaqtincha 
foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan 
daromadlarini ko’rsatadilar. 


“3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami” qatorida 4-
ustun “Kassa xarajatlari – jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining 
summasi ko’rsatiladi. 
“4. Hisobot davri oxiriga pul mablag’i qoldig’i” qatorida “1. Yil boshiga 
pul mablag’i qoldig’i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida 
tushgan tushumlar – jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yig’indisidan “3. 
Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari –jami” qatori bo’yicha aks 
ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko’rsatiladi. 
“Xarajatlar yoyilmasi”da ko’rsatilgan jamg’arma mablag’lari hisobidan 
amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida 
keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va 
elementlari bo’yicha aks ettiriladi. 
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot 
choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin