texnologiyasi, 3.2.2. Bahorgi bug‘doyni etishtirish texnologiyasi, 3.3. Bug`doy o`simligining navlari, 3.3.Tadqiqot ishlarida olingan natijalarni biologiya fanini o`qitish jarayonida foydalanish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar tizimidan iborat. Bajarilgan ishning asosiy xatimasi.
74
1. Yer yuzidagi insonlarning ko’’pchiligi bug’doy o’’simligining donini asosiy oziq –ovqat sifatida foydalanadi va birinchi non sifatida qadirlaydi. Bug‘doy insoniyat uchun eng muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi va yer shari aholisining asosiy qismi (70%) bug‘doy unidan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qiladi. 2. Bug‘doydan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari mazali, to‘yimli, yaxshi hazm bo‘ladi. Bug‘doy donidan un, undan xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlari: non, shirin kulcha, makaron, yorma, pechenye, bolalar ovqati, konditer mahsulotlari, spirt va boshqalar olinadi. Bug‘doy uni hyech qachon hech kimni ko‘ngliga urmaydi, inson o‘ziga kerakli kuch va quvvatni nondan oladi, organizm uchun zarur vitaminlar V 1 , V 2 , RR va kalsiy, temir va fosfor ham nonda bo‘ladi. Bug‘doy donidan kraxmal, dekstrin olinadi, somoni, qipiqlari chorva mollar uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. 3. 100 kg doni 117; 100 kg somoni 30 ozuqa birligi saqlaydi. Somonidan dag‘al xashak, senaj tayyorlanadi, Bundan tashqari somonidan sifatli qog‘ozlar, savat va shlyapalar tayyorlashda, qurilishda ishlatiladi. Bug‘doy donida 11-20% oqsil 65-75% kraxmal, 2% yog‘ va shuncha miqdorda yog‘ochlik va kul bo‘ladi. Bug‘doy tarkibidagi eng muhim ko‘rsatkich oqsil va kleykovinadir. Bug‘doy doni tarkibidagi oqsil miqdoriga qarab foydalaniladi, oqsil miqdori o‘ta kam bo‘lsa 11 - 13% chorva mollariga ozuqa, 14-15%