Bugungi jamiyat hayotida ommaviy axborot vositalarining



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#165792
1   2   3   4   5
Toshkanboyeva Muazzamxon


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
718 
e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasi va amaldagi 
barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan 
bayon etib berilgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida 
“Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega” deyilgan. 
Shuningdek O’zbekiston Respublikasi “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi 
Qonunning 3-moddasida ham “Har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. Har 
kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan 
himoya qilinadi” deyiladi. Hozirda mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston aholisining ko’p millatli
ekanligi inobatga olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir necha tilda 
teleko’rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti. Buning sababi jamiyat har qancha 
rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta’sirchan vositasi – matbuot, radio, 
televideniye va Internet bo’lib qolaveradi. Shu bilan birgalikda demokratiya ustuvor bo’lgan 
davlatda OAV jamoatchilik nazoratining asosiy sub’yektlaridan biriga aylanadi. Zamonaviy 
nazariy manbalarda qayd etilishi bo’yicha ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko’ra 
5 ta asosiy turga ega. Bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, 
televideniye, axborot agentliklari, shuningdek, Internet saytlari. Bugun ko’pchilikning 
diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelayotgan, to’g’rirog’i, ommaviy axborotning o’ziga xos 
vositasi sifatida namoyon bo’layotgan Internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda 
tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. Ijtimoiy fikrni shakllantirish va 
rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o’zaro ijtimoiy muloqotida ham OAV 
muhim vosita sifatida yetakchi o’rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar 
ham OAVda sog’lom dunyoqarash bilan uning foydalanuvchilariga aylanishlari lozim. Sababi 
OAV jamiyat hayotining turli-tuman yo’nalishlarida qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy 
hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida xolis, tezkor va to’la-to’kis xabardor qiladi,
fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat 
qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hizmat qiladigan 
vositadir.
Bugungi kunda dunyo juda shiddat bilan rivojlanmoqda va oʻzgarmoqda. Barcha 
sohalarda axborot olish va uni yetkazish, taʼsirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish 
zaruratga aylangan. Bunday murakkab sharoitda hayot yangidan-yangi talab va vazifalarni 
oldimizga qoʻymoqda. Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’sirchan 
mafkura vositasidir. Sababi ommaviy axborot vositalari xalqning o‘ziga xos tarbiyachisi, 
muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli 
bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va 
umuminsoniy qadriyatlar, milliy g’oya va demokratik tamoyillar targ’ib qilinadi. Ommaviy 
axborot vositalari doimo demokratiya va so’z erkinligining o’ziga xos o’lchovi, ko’rsatkichi 
bo’lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni 
rag’batlantiradi. Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g’oyasini singdirishning 


Международныйнаучныйжурнал

10
(100), 
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin