Bugungi jamiyat hayotida ommaviy axborot vositalarining



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#165792
1   2   3   4   5
Toshkanboyeva Muazzamxon


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
719 
yana bir muhim jihati bor. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib 
javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning yo‘q 
qilish va yurtimiz fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog’liq.
Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini kursatadigan bir gap bor: "Har qanday 
puch g’oya, uydirma haftasiga uch martadan to’rt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" 
tayyor bo’ladi, odamlar unga chippa chin ishonadilar". Oxirgi paytlarda informatsion 
hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o’zgarganligidan va
qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol 
yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga 
olinadi. Go‘yo u daydi o’q singari insonni jismonan yo’q qila olmasada, uning qo’poruvchilik 
kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg’inlardan kam emas. Chunki bu 
qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni o’z manfaatlariga zid 
harakat qilishga undaydi va demak insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish 
imkonini beradi. Axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. 
Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko’p mehnat, u qadap 
ko’p harakat, u qadap ko’p harajat talab etilmaydi. Bunday mafkuraviy hurujlar otishmalar 
va qon tukishlarni keltirib chiqarmasada, milliy o’zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga 
tanazzulga olib keladi. Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va 
boshqa vositalar, insonlar, ayniqsa, yoshlarning milliyligi, tafakkuri va dunyoqarashini 
o’zgartirib yubormoqda. Taraqqiy etgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida 
jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi va turmush tarzini bir qolipga solish hamda unga o’zlari 
shakllantirayotgan «ommaviy madaniyat»ni singdirishi bosh strategik siyosatga 
aylantirayotganligida yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda. Internet bugungi axborot 
makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Bugun internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, 
balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish 
mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Bugungi kunda 
milliardlab kishilar u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning 
to‘g‘riligini tasdiqlaydi. 50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 
yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo‘lgani holda, bu bosqichni 
internet 5 yilda bosib o‘tdi. Internet odamlar ongiga, hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-
atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji 
g‘oyaviy va mafkuraviy ta‘sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga 
olib keldi. Turli saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat’i nazar, 
ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn 
pornografiya ta‘siriga tushishi qayd qilinadi. Shuningdek, mutaxassislar ma’lumotlariga 
ko‘ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada 
zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga 
asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin qahramoni o‘z maqsadiga etishish uchun shunday 
zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu zo‘ravonlik va yovuzlikning 
o‘zi bosh maqsad hisoblanadi. Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‘ziga xos 


Международныйнаучныйжурнал

10
(100), 
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin