часть
2
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
720
qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. So‘nggi yillarda turli terroristik va ekstrimistik
tashkilotlar o‘zlarining vayronkor va yovuz g‘oyalarini targ‘ib qilishda ham internetdan
foydalanishyapti . Yoshlarni onggini zaharlashga qaratilgan vebsaytlarning soni bir necha
barobarga oshgan.Masalan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo‘lsa, bugungi kunda
dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo‘lib, ularga
xizmat ko‘rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to‘satdan paydo
bo‘ladi, vaqt o‘tgach yo‘qoladi, mazmunini o‘zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi ni
o‘zgartirib turadi . Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:
•Internetga kirishning osonligi;
•Foydalanuvchilar sonining ko‘pligi;
•Aloqaning anonimligi;
•Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani;
•Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi;
• Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi.
Terroristlar internetdan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar: Targ’ibot va
tashviqot maqsadida ma’lumot tarqatish;
•Yangi a’zolarni yollash(verbovka);
•A’zolik va xayriya badallarini yig’ish hamda ulardan foydalanish;
•Tarmoq va shahobchalar tashkil etish;
•Terroristlarni o‘qitish, ko‘rsatmalar berish;
•Razvedka va ma’lumot qidirish;
•Yangi terroristik harakatlarni rejalashtirish va boshqarish
Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher
"Ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun kislorod vazifasini o‘taydi", degan. Bu
gapning mag‘zini chaqqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek
zarur ekan", degan xulosaga keladi. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. Chuqurroq
uylab kursak-chi? Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan o‘ldirish orqali
millionlab odamlarda qo‘rquv va daxshat uyg’otishga intiladilar. Demaq ularning
maqsadlari – o‘ldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta’sir qilishdir.Afsuski, ba’zi ommaviy
axborot vositalari o‘zlari bilmagan holda terrorizmning buzg’unchilik, qo‘poruvchilik
ta’sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‘yadilar. Ularning terror oqibatlari haqidagi
vahimali axborotlari insonlardagi qurquvni, daqshatni, himoyasizlik hissini yanada
kuchaytirib yuboradi. Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror
qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatish yohud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga to‘sqinlik
qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yohud hokimiyat vakilining davlat yoki
jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga
shikast yetkazish, mol-mulk musodara qilinib, o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi. O‟zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‟g‟risida”gi qonunining 5 – moddasi. “Din davlatdan ajratilganligi” Terrorizm,