O`zbekiston Res’ublikasi Oliy va O`rta mahsus
ta`lim vazirligi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
“Buhalteriya hisobi va аudit” fakulteti
“Iqtisodiy tahlil va аudit” kafedrasi
К U R S I S H I
Мавзу:
Kapitallar, maqsadli tushumlar hisobi va auditi
Toshkent -–2012
2
“Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi
“______” “__________” 2012 y
Mavzu: Kapitallar, maqsadli tushumlar hisobi va auditi
Toshkent - 2012
3
R E J A
KIRISH
Asosiy qism:
. Ustav, qo‘shilgan va rezerv kapitalining hisobi
2. Maqsadli tushumlarning hisobi.
3. Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar
uchun
rezervlarning hisobi.
Texnologik qism:
4. Kapital va maqsadli tushumlar auditi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
4
Kirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xar bir ho`jalik yurituvchi subhekt o`zining
moliyaviy resurs (mablag`)larini tashkil qilishi va undan foydalanishi mumkin. Bu
mablag`larning manbai esa foyda, amortizatsiya ajratmasi, qimmatbaho
qog`ozlarni sotishdan tushgan mablag`lar, aktsiya
egalarining badali va
tahsischilarning ulushlari, kreditlar, qarzlar, ajratilgan grantlar,
maqsadli
moliyalashtirish mablag`lari va shunga o`xshash yo`nalishdagi mablag`lardir.
Bu bo`limda asosan subhektning ustav kapitali, mahsus yo`nalishdagi
jamg`armalar, zahiralar, foyda va boshqa mablag`lari o`rganiladi.
Subhektning xususiy kapitali qonunga muvofiq yoki tahsis xujjatlari asosida
yaratilgan jamg`armalar va zahiralar qo`shilgan holda, ularning xarakati va holati
o`rganiladi va nazorat qilinadi.
Xususiy kapital ho`jalik yurituvchi subhektning
aktivi va majburiyatlari
o`rtasidagi farqni o`zida mujassamlashtiradi. O`z navbatida xususiy kapital 2
guruxga (kategoriyaga) bo`linadi – qo`yilgan (investitsiya) kapital va
taqsimlanmagan foyda.
Xususiy kapital, ishlab chiqarish va mulk egasiga to`lash, qo`shimcha
investitsiya va boshqa faoliyatlarning natijalariga bog`liq holda ko`payishi yoki
kamayishi mumkin.
Ushbu mulk, jamg`armalar, foyda va zahiralarning hisobi quyidagi:
8300-«Ustav kapitali (fondi)»ni hisobga oluvchi schyotlar
8400-«Qo`shilgan kapital»ni hisobga oluvchi schyotlar
8500-«Zahira kapitali»ni hisobga oluvchi schyotlar
8600-«Sotib olingan o`z aktsiyalari»ni hisobga oluvchi schyotlar
8700-«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»larni
hisobga oluvchi
schyotlar
8800-«Grantlar va subsidiyalar (kapital)»ni hisobga oluvchi schyotlar
8900-«Kelgusi xarajatlar va to`lovlarning zahirasi»ni hisobga oluvchi
schyotlarda yuritiladi.
5
Subhektning ustav kapitali uning mablag`larining tashkil bo`lishida asosiy
manba hisoblanadi. Bu kapitalni tashkil qilish qonun va tahsis xujjatlariga asosan
tartibga solinadi.
Davlat korxonalarining ustav kapitali davlatning byudjeti tomonidan
korxonaning foydalanilishiga topshirilgan vaqtda ajratilgan mablag`larning
yigindisidir.
Nodavlat, kommertsiya subhektlarining kapitali esa aktsiyadorlar tomonidan
kuyilgan mablag`larning yigindisiga teng bo`ladi.
Aktsiyadorlar jamiyati (AJ) yuridik shaxs bo`lib
uning kapitali aktsiya
egalarining qo`ygann ulushidan tashkil topgan. AJ faoliyati ustavi bilan tartibga
solinadi va aktsiyadorlar faqat ustav kapitaliga qo`yadigan ulushi bo`yicha
majburiyat oladilar.
AJ-ochiq va yopiq turda bo`ladi. Ochiq AJ aktsiyalari ochiq usulda sotiladi,
bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tadi, yahni qimmatbaho qog`ozlar birjasida
sotilishi mumkin. Yopiq AJ aktsiyalar
bozorga chiqarilmaydi, bundan tashkari uz
ulushlarini boshqa aktsiyadorlarning roziligisiz sotishi mumkin emas. AJ ustav
kapitalining xajmi uning ustavida ko`rsatilgan bo`ladi. Ustav kapitalining
ko`payishi yoki kamayishi aktsiyaning nominal qiymatining
bozordagi talab va
taklifning tahsirida oshishi yoki kamayishiga bog`liq. AJ tomonidan chiqarilgan
aktsiyalar naqd pulga, pul utkazish yuli bilan, mulkka,
yahni uzok va kiska
muddatli aktivlar hisobiga xam sotilishi mumkin.
Ustav kapitali (fondi)ning holati va xarakati to`g`risidagi mahlumotlarni
umumlashtirish quyidagi:
8310-«Oddiy aktsiyalar»
8320-«Imtiyozli aktsiyalar»
8330-«Ulushlar va omonatlar» schyotlarida amalga oshiriladi.