15
kreditlanadi. Grantlarning analitik hisobi ularning turlari va maqsadlari bo‘yicha
yuritiladi.
Subsidiyalar – bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida
ma’lum bir shartlarga ko‘ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan
berilgan yordam summasi. Subsidiyalarning hisobi maxsus 10-son BHMS «
Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordamini tavsifi», shuningdek 21- son
BHMS ga asoslanib yuritiladi. Ushbu me’yoriy
hujjatlarga muvofiq olingan
subsidiyalarning kelib tushushi 8820 «Subsidiyalar» schyotining kreditida
mablag‘larni aks ettirishga mo‘ljallangan schyotlarning (0110-0190, 0410-0490,
0610, 5810, 1010-1090, 2810, 2910-2990, 5010, 5110, 5210 ,4890 va boshqa
schyotlar) debeti bo‘yicha korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Olingan
subsidiyalar ustav kapitaliga va rezerv kapitaliga qo‘shilishi mumkin.
Bunday
hollarda 8820 «Subsidiyalar» schyoti debetlanadi va 8300 «Ustav kapitali», 8530
«Bepul olingan mulk» schyotlari kreditlanadi.
A’zolik badallari – bu jamiyatning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilangan
a’zolik badallari summasi. 21-son BHMS ga muvofiq a’zolik badallarining hisobi
8830 “A’zolik badallari” schyotining kreditida va pul mablag‘lari schyotlarining
(5010, 5110, 5210 ) debetida aks ettiriladi. Yig‘ilgan a’zolik badallari jamiyatning
faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi. Jamiyat tugatilganda to‘plangan a’zolik
badallari uning qarzlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari- bu davlat qonunlari
asosida
korxonani maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliqlardan ozod etish natijasida
to‘plangan mablag‘lar majmuasi. Ushbu maqsadli tushumlarning hisobi maxsus
Nizomga, shuningdek 21- son BHMS ga muvofiq 8840 “Maqsadli ishlatishga doir
soliq imtiyozlari” schyotida yuritiladi. Ushbu imtiyozlar ga ega xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar soliqlarni Soliq Kodeksi va ularga doir yo‘riqnomalar asosida
hisoblaydilar. Hisoblangan soliq summasi korxona
ixtiyorida qoldirilganda
quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 6410 “ Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Kredit 8840 “ Maqsadli ishlatishga doir soliq imtiyozlari”
16
Soliq imtiyozlari ma’lum muddatga berilgan bo‘lsa, ushbu muddat tugagach,
boshqa hollarda esa hisobot yilning oxirida maqsadli ishlatishga doir berilgan soliq
imtiyozlari korxonaning rezerv kapitaliga qo‘shiladi va unga quyidagi yozuv
qilinadi:
Debet 8840 “ Maqsadli ishlatishga doir soliq imtiyozlari”
Kredit 8530 “Bepul olingan mulk”
Soliq imtiyozlari sifatida olingan maqsadli tushumlarning analitik hisobi
soliq to‘lovlari turlari bo‘yicha olib boriladi.
Boshqa maqsadli tushumlar- bu turli yuridik va jismoniy jaxslardan ma’lum
maqsadlar uchun olingan mablag‘larning majmuasi. Ularga, masalan, ota –
onalarning bolalar bog‘chasi uchun to‘lovlari, boshqa korxonalardan tushgan
mablag‘lar va boshqalar kiradi. 21-son BHMS
ga muvofiq boshqa maqsadli
tushumlarning hisobi 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” schyotining kreditida va
pul mablag‘lari schyotlarining debetida aks ettiriladi. Ushbu schyotning debetida
maqsadli tushumlarning ishlatilishi aks ettiriladi, masalan, xizmat qiluvchi
xo‘jaliklar ning harajatlarini bir qismi ushbu maqsadli
tushumlar hisobidan
qoplanganda 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” schyoti debetlanadi va 2710
“Xizmat qiluvchi xo‘jaliklar” schyoti kreditlanadi. Ishlatilmay qolingan boshqa
maqsadli tushumlar korxonalarning rezerv kapitaliga yoki boshqa daromadlariga
olib boriladi, yani:
Debet 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar”
Kredit 8530 “Bepul olingan mulk”, 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”
Boshqa maqsadli tushumlarning analitik hisobi ularning turlari va manbalari
bo‘yicha yuritiladi.