8
Kredit 8300 «Ustav kapitali», 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli
aksiyalar», 8330 «Pay va badallar».
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan aksionerlik jamiyatlarida
oldingi
mavjud ustav kapitali va yangi ustav kapitali o‘rtasidagi farq gudvil deb atalib,
nomoddiy aktiv sifatida hisobga olinadi va quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0480 “Gudvil”
Kredit 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar»
Keyingi davrlarda korxonalarning ustav kapitalini ko‘payishi ta’sischilar
safini kengayishi yoki oldingi ta’sischilarning hissalarini oshirilishi, aksionerlik
jamiyatlarida esa yangi aksiyalarning chiqarilishi
yoki oldingi aksiyalarning
nominal qiymati oshirilishi evaziga yuz beradi. Ustav kapitalining bunday yo‘llar
bilan ko‘payishi ham yuqorida keltirilgan birinchi yozuv bilan hisobga olinadi.
Davlat korxonalarida ustav kapitalini hisobot yilning sof foydasi evaziga
ko‘payishi quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Debet 8710 “Hisobot yilning taqsimlanmagan foydasi(qoplanmagan zarari)”
Kredit 8300 «Ustav kapitali»
Ustav kapitalining kamayishi o‘rtoqchilik jamiyatlarida ta’sischilarning
hissalarini kamaytirilishi yoki ularni ta’sischilar safidan chiqarilishi,
aksionerlik
jamiyatlarida esa mavjud aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirilishi yoki
aksiyalar sonini kamayishi evaziga yuz beradi. Davlat korxonalarida ustav kapitali
summasi hisobot yilning qoplanmay qolingan zararlariga kamayadi.
Ustav kapitalini kamayishi hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Ta’sischilarning hissalari kamaytirilganda yoki ayrim ta’sischilar o‘z
hissalari bilan ta’sischilar qatoridan chiqib ketganda:
Debet 8330 «Pay va badallar».
Kredit 6620 «Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissalari bo‘yicha qarz»
Aksiyalarning nominal qiymati pasaytirilganda yoki aksiyalar soni
kamaytirilganda:
Debet 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar»
Kredit 6620 «Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissalari bo‘yicha qarz»
9
Davlat korxonalarida hisobot yilning zararlari qoplanganda
Debet 8300 «Ustav kapitali»
Kredit 8710 «“Hisobot yilning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari)”
Ustav kapitalining analitik hisobi korxona ta’sischilar va aksionerlari
bo‘yicha yuritiladi.
Aksionerlik jamiyatlari va aksiya chiqargan ma’suliyati cheklangan jamiyatlar
o‘zlarining xususiy aksiyalarini qayta sotish yoki ularni bekor qilish uchun
qayta
sotib olishlari mumkin. Sotib olingan bunday xususiy aksiyalarning hisobi 8610 «
Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan xususiy imtiyozli
aksiyalar» schyotlarida yuritiladi. Ushbu schyotlar mos ravishdagi 8310 «Oddiy
aksiyalar» va 8320 «Imtiyozli aksiyalar» schyotlariga kontrpassiv schyotlar bo‘lib
hisoblanadi, ya’ni ushbu schyotlarning summalari balansda alohida qatorda oldiga
manfiy (-) belgini qo‘yish yoki qizil rang bilan yozish orqali aks ettiriladi. Demak,
xususiy kapitalning balans qiymatini topishda hamma vaqt sotib olingan xususiy
aksiyalarning qiymati, agar ular mavjud bo‘lsa, chegirib tashlanadi.
Sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olish vaqtida sotib olingan qiymatida
quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 8610 « Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan
xususiy imtiyozli aksiyalar»
Kredit 5010 «Kassa», 5110 «Hisob-kitob schyoti» 6620 «Chiqib
ketgan
ta’sischilarga ularning hissasi bo‘yicha qarz»
Keyingi davrlarda sotib olingan aksiyalar qayta sotilishi yoki bekor qilinishi
mumkin. Sotib olish qiymatidan yuqori qiymatga qayta sotilgan aksiyalarga
quyidagi yozuvlar qilinadi:
Sotib olish qiymatiga
Debet 5010 «Kassa», 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Kredit 8610 « Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan
xususiy imtiyozli aksiyalar»
Sotib olish qiymatidan ortiq qismiga
10
Debet 5010 «Kassa», 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Kredit 9590 « Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar»
Sotib olish qiymatidan past qiymatga qayta sotilgan
aksiyalarga quyidagi
yozuvlar qilinadi:
Sotib olish qiymatiga
Debet 5010 «Kassa», 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Kredit 8610 « Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan
xususiy imtiyozli aksiyalar»
Sotib olish qiymatidan past qismiga
Debet 9690 «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar»
Kredit 8610 « Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar» va 8620 «Sotib olingan
xususiy imtiyozli aksiyalar»
Nominal qiymatidan yuqori qiymatga sotib olingan aksiyalar bekor qilinganda
quyidagi yozuvlar qilinadi:
Dostları ilə paylaş: