Bulutli texnologiyalar va ulardan foydalanish Reja: 1.Bulutli texnologiyalar haqida 2.Veb muhitida Google apps (Google Disk, Google Hujjatlar (matn, elektron jadval, taqdimotlar, grafik muharirlari). 3.Google taqvim (kalendar), Google Hangouts (messenjer) Google+, Google Blogger (saytlar yaratish) va Google Scholar orqali o’quv jarayonini tashkillashtirish va boshqarish).
Bulutli texnologiyalar - bu model iste’molchiga ATni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli hisoblashlarning yuzaga kelishida “virtualizatsiya” texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi.
Veb muhitida Google apps (Google Disk, Google Hujjatlar (matn, elektron jadval, taqdimotlar, grafik muharirlari) Ta’lim jarayonini yuqori pedagogik texnologiyalar yordamida tashkillashtirish ta’limning sifat va samaradorligiga o’z hissasini qo’shadi. Respublikamiz prezidenti “Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaktida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni nazorat ostiga olish zarur”ligini alohida ta’kidlab keladilar.Bugungi ta’lim tizimini zamonaviy texnologiyalar yordamida tashkillashtirish uchun pedagoglar va olimlar tomonidan ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishni, uni ta’lim sohasida qo’llashni asosiy vazifalardan biri deb hisoblashlari shart. O’quv jarayonini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadini, kutilayotgan natijani aniq belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to’g’ri tanlash, talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baxolashni real mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg’ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni samarali amalga oshirish va bir-biri bilan uyg’unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonida innovastion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishiga, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga, mavzu yuzasidan xulosalar chiqarishiga o’rgatadi. Pedagog innovastion ta’lim berish jarayonida shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchanlik, yo’naltiruvchanlik qunkstiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida talaba asosiy o’rinni egallaydi. Innovastion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgartirish kiritish bo’lib, uni ta’lim tizimida amalga oshirish uchun interaktiv metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Interaktiv metodlar asosida jamoa bo’lib fikr yuritish, pedagog va talabalarning birgalikdagi maqsadli faoliyati bo’lib hisoblanadi.
Internet orqali ta’lim olish shakllanib borayotgan bir vaqtda xorijda MOOC (ommaviy ochiq onlayn kurslar)ning tashkil etilishi 24 soat davomida mustaqil ta’lim olishning imkoniyatini yanada kengaytirdi.
Talabalarning mustaqil ishlarini tashkillashtirining eng qulay va innovastion usullaridan biri bu internet texnologiyalaridan foydalanishdir. Talabalar internet resurslardan foydalangan holda mustaqil ravishda o’rganib, topshiriqlarni mustaqil bajarish ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Bunday texnologiyalarga bulutli texnologiyalar(could texnologiyes), ta’lim veb-qidiruvlari, tarmoq ta’lim loyihalari, LMS tizimlari va boshqalar kiradi. Bulutli texnologiyalar asosida tashkillashtirilgan ishlarni barchasini serverlar bajaradi. Bulutda joylashgan vertikal serverlarda saqlangan ma’lumotlar mijoz tomonidan noutbuklarda, netbuklarda vaqtincha saqlanadi. Google xizmatlari ta’lim uchun bepul uskunalar paneliga ega bulib, talabalar va o’qituvchilar uchun samarali ta’lim jarayonini ta’minlaydi. Bulutli hisobning asosiy onlayn tizimlaridan talabalarning mustakil ishlarini tashkillashtirish va qabul qilishda foydalanish mumkin.
Bulutli hisoblash shaxsiy ma'lumotlarni saqlash bilan bog'liq bosh og'rig'ini bartaraf qiladi. Birgalikda ishlatiladigan infratuzilma yordamchi dastur kabi ishlaydi: Bulutga asoslangan ilovalar kunlar yoki haftalar ichida yangilanishi mumkin va ular kamroq xarajat qiladi. Bulutli ilova yordamida siz shunchaki brauzer ochasiz, tizimga kirasiz, dasturni sozlashingiz va undan foydalanishni boshlaysiz.