GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
akademik mobillik — qabul qiluvchi muassasada talabaning vaqtincha ta’lim olish davrida sinov birliklarini oʻzlashtirishi va ularni joʻnatuvchi muassasa tomonidan tan olinishi;
mobillik dasturi — ta’lim toʻgʻrisidagi kelishuv asosida akademik mobillik davrida talaba tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan ta’lim dasturi;
joʻnatuvchi muassasa — ta’lim oluvchi yoki professor-oʻqituvchini mobillik dasturi asosida ta’lim olish yoki oʻqitish uchun joʻnatuvchi muassasa, ishlab chiqarish yoki boshqa tashkilot;
qabul qiluvchi muassasa — ta’lim oluvchi yoki professor-oʻqituvchining mobillik davrini oʻtash joyi. Qabul qiluvchi muassasa ta’lim muassasasi, ishlab chiqarish yoki boshqa shakldagi tashkilot boʻlishi mumkin;