Bevosita va oradan ma’lum bir vaqt o’tkazib esga tushirish Bevosita eslash va vaqt o'tkazib esga tushirish ham tanish, ham eslash shaklida bo’lmog'i mumkin. Bevosita esga tushirish deb materialni idrok qilish ketidanoq, ya’ni esga olib qolish bilan esga tushirish o'rtasidagi paytda ongimizda esga olinadigan materialdan boshqa hech qanday jarayon yuz bermaganda boMadigan esga tushirishni avtiladi. Esga olish jarayonida biz ana shu xil esga tushirishdan, odatda. texnik bir usul tariqasida fovdalanamiz. Masalan, she’rni yod olganimizda biz, odatda, bir necha satrni o'qigach, kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tu- shiramiz. Kishi biror topshiriqni tez bajarganda muayyan bir qarorga kelib. uni darrov amalga oshirganda bevosita esga tushirish yuz bergan bomadi.
Bevosita esga tushirishdan iborat bo'lgan xotira faoliyati ba'zan qisqa muddatli yoki operativ xotira tarzida namoyon bo'ladi. Yaxlit-yaxlit par- chalarni ana shu usulda bevosita esga tushirish esda olib qolish jarayonini jadallashtirishi mumkin.
Bir karra ko'zdan kechirilgan yoki eshitilgan materialning bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning kolami (hajmi) aniqlanadi. Materialning ko'p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira ko'lami keng hisoblanadi. Xotiraning ko'lamini. masalan. quyidagicha aniqlasa bo’ladi: sinalayotgan kishiga bir necha so'z yoki raqamlardan iborat materialni o'qib chiqish yoki eshitish va so'ngra bu materialni darrov to'la-to'kis va berilgan tartibda esga tushirish kerakligi uqtiriladi. Sinalayotgan kishining materialni qanchalik to'la va tartibini aynan saqlab esga tushira olishiga qarab. uning xotira ko'lami aniqlanadi. 6-7 raqam- dan yoki so'zdan 1-2 tasigina esga tushirilsa. xotiraning ko'lami tor hisoblanadi, 5-6 raqamni yoki so'zni eslab avtilsa xotiraning ko'lami keng hisoblanadi. Xotira ko'lamini mashq qilish yo'li bilan o'stirish (kengaytirish) mumkin. Masalan, artistlar matnlardagi so*z va iboralarni esda qoldirish- ni hamisha mashq qiladilar, shu sababli. ularda so'z va iboralarni esda tutib qolish xotirasining ko'lami kengayadi. Hisob-kitob ishlarini yurita- digan xodimlarda sonlarni esda tutib qolish xotirasining ko'lami kengayadi. 0’quvchilar juda ko’p yillar davomida o’quv materiallarini esda qoldirib boradilar, shuning uchun ulaming ham xotira kolami kengayib boradi. Xotira kolamining kengayishi o’z navbatida esda olib qolishni tezlatishga yordam beradi.