XULOSA: tekshirish natijalariga ko'ra silindr idish 50 ml, ГОСТ 8.234-2013 talablariga javob beradi.
№ 5 Laboratoriya Laboratoriya texnik tarozisi(ВЛТ)ni qiyoslash Ishning maqsadi Ishning maqsadi, asosan, o‘lchash natijalarini qayta ishlash usullarini o‘rganish, o‘lchash natijasini o‘lchanadigan kattalikning haqiqiy qiymatiga qanchalik yaqin eqanligini aniqlash yoki uning o‘zgarish ehtimolini topish, o‘lchashda hosil bo‘ladigan xatolikning xarakterini aniqlash va tekshirishdan iborat.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi va qoidalari bilan tanishish Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar laboratoriya ishlarini bajarish orqali olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi va o’z bilimlarini yanada mustahkamlaydilar. Laboratoriya mashg’ulotlarida o’qituvchi dastlab talabalarni mavzu va ishning maqsadi bilan tanishtirishi lozim. Shundan so’ng talabalar laboratoriya topshiriqlarini bajarish uchun mavzuga oid nazariy ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlari talab etiladi. O’qituvchi boshchiligida talabalar laboratoriya topshirig’ini bajarish jarayonida foydalaniladigan asbob-uskunalar va jihozlar bilan tanishib, ularning tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganadilar, shuningdek ulardan amalda foydalanish tartib-qoidalari bilan tanishadilar.
Laboratoriya mashg’ulotlarida berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalar quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari talab etiladi:
1. Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish vaqtida elektr tokining hayot uchun havfli ekanligini yodda tutish va ehtiyot bo’lish;
2. Laboratoriya xonasida mavjud elktr manbalari va asbobuskunalariga ehtiyotkorlik bilan muomalada bo’lish.
Berilgan nazariy ma‘lumotlar: Ishni bajarish uchun zarur asbob va jihozlar: QIYOSLASH nomeri: №302; Qiyoslash sanasi: 29.03.2022 y; Berilgan sana:29.03.2022 y.
Laboratoriya nomi va manzili: «O'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti» DK Jizzax filiali 2020 yil 14 dekabrdagi № UZ.AMT.17.MAI.019 - sonli akkreditatsiya guvohnomasi.