Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 7
1-rasm. Balans aktivi va passividagi bo‘limlarning o‘zaro bog‘liqligi 6 I.T.Abdukarimov va N.V.Tenlarning fikriga ko‘ra buxgalteriya balans quyidagi
elementlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Korxonaga tegishli mablag‘larni aks ettiruvchi aktivlar;
2.
Korxona ixtiyoridagi xususiy kapital (moliyaviy resurslar);
3.
Aktivlarni xarid qilish natijasida vujudga kelgan, kelgusida tayinlanishi
bo‘yicha qaytarilishi zarur bo‘lgan majburiyatlar
7
.
I.T.Abdukarimov va N.V.Ten tomonidan bildirilgan ushbu fikrda buxgalteriya
balansini tuzilishi ularni tahlil qilish muqtai nazardan bildirilgan bo‘lib, buxgalteriya
balansining tuzilishni to‘liq ochib bermaydi.
Buxgalteriya balansi bo‘limlari va moddalarining joylanishining o‘ziga xos
qat’iy qonuniyatlari mavjud. Buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son “Moliyaviy
hisobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i
bilan tasdiqlangan. Ushbu buyruqning 1-ilovasida buxgalteriya balansining shakli
tasdiqlangan bo‘lib, buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismlardan iborat. O‘z
navbatida aktiv qismi ikkita bo‘lim: uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar, passiv
qismi esa: o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlar deb nomlangan bo‘limlardan
iborat
8
.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansi aktivi qismlari va moddalari
aktivlarning likvidligi o‘sib borishi tartibida joylashtirilgan. Buxgalteriya balansining
1-bo‘limi “Uzoq muddatli aktivlar”da realizatsiya qilinishi nisbatan qiyin bo‘lgan
aktivlar, “Joriy aktivlar” deb nomlangan 2-bo‘limida 1-bo‘limda joylashgan
atkivlarga nisbatan likvid hisoblangan aktivlar joylashgan, ya’ni ular osonlik bilan
pulga aylantirilishi hamda qarzdorlikni so‘ndirish uchun yo‘naltirilishi mumkin. O‘z
navbatida “Joriy aktivlar” bo‘limining ichida ham aktivlar likvidlik darajasining
oshib borishi tartibida joylashtirilgan
9
.
Demak, buxgalteriya balansining tuzilishi bo‘yicha mutaxassislar fikr bildirishda
o‘z davlatining buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar
talablarini e’tiborga olishga harakat qilishgan.
Buxgalteriya balansining eng muhim jihatlaridan biri bu manfaatdor tomonlarga
korxonaning mablag‘lari, mablag‘lar manbalari, o‘z aylanma mablag‘lari,
majburiyatlari, umuman olganda moliyaviy holati haqida ma’lumot taqdim qilishidir.
6
Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. -T.: «Fan va texnologiya», 2013, 476 bet. 69-бет.
7
Абдукаримов И.Т., Тен Н.В. Как распознать бухгалтерский баланс // Социально-экономические явления и
процессы, № 1 (013), 2009. 5-17 с.
8
Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг 2002 йил 27 декабрдаги 140-сон “Молиявий ҳисобот
шакллари ва уларни тўлдириш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида”ги буйруғи. https://lex.uz/docs/821320
9
Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг 2002 йил 27 декабрдаги 140-сон “Молиявий ҳисобот
шакллари ва уларни тўлдириш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида”ги буйруғи. https://lex.uz/docs/821320