Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 9
boshqalarning ishlarida buxgalteriya hisobini tuzishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan
printsiplar keltirilgan bo‘lib, umumiy tarzda moliyaviy hisobotni tuzishda amal
qilinishi kerak bo‘lgan umumiy talablar bayon qilingan
12
.
O.V.Mamoshina buxgalteriya balansining ahamiyati uni shakllantirishning
asosiy printsiplarida o‘z aksini topadi deb ta’kidlagan hamda quyidagi asosiy
printsiplarni keltirgan. O.V.Mamoshinaning fikriga ko‘ra ushbu printsiplarga amal
qilishgina buxgalteriya balansining zarur funktsionalligini ta’minlaydi
13
.
2-rasm. Buxgalteriya balansini shakllantirish printsiplari 14
Buxgalteriya balansini shakllantirish printsiplarining mazmunini ko‘rib
chiqamiz:
1. Balansning to‘g‘riligi. Balansni shakllantirishning ushbu printsipi ular asosida
ko‘rsatkichlar shakllanadigan hisob va dastlabki hujjatlarning ishonchliligini
ta’minlaydi. Agar qandaydir xo‘jalik faktlari tegishli tarzda tasdiqlanmagan yoki
noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan holatlar mavjud bo‘lsa, korxona balansida chalkash
(buzib ko‘rsatilgan) ma’lumotlar aks ettiriladi.
2. Balansning haqqoniyligi. Ushbu printsip hisob ob’ektlari bahosi bilan
balansning tegishli satrlarida aks ettirilgan ma’lumotlar bilan muvofiqligini anglatadi.
3. Balansning birligi. Ushbu printsip buxgalteriya balansi hisob va baholashning
yagona printsiplari asosida shakllanishini bildiradi.
4. Balansning davomiyligi. Balans shakllanishining ushbu printsipi har bir
keyingi balans o‘zidan oldingi balans ko‘rsatkichlaridan kelib chiqishini anglatadi.
Misol uchun, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yakuniy balans hisobot yili uchun
12
Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. -T.: «Fan va texnologiya», 2013, 476 bet. 336-337-betlar; Каримов
А.А., Исломов Ф.Р., Авлоқулов А.З. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. — Т.: «Шарқ», 2004. — 592 б.; Xolboyev D.
Moliyaviy hisob. O‘quv qo‘llanma. — Т.: Cho‘lpon nomidagi NM1U, 2016 - 236 bet; Очилов И.К., Азларов Д.Х.,
Авлоқулов А.З. Молиявий ҳисоб-т. Ўқув қўлланма. Т.: Тошкент молия институти. 2004. 328-б.
13
Мамошина О.В. Бухгалтерский баланс как основная форма бухгалтерской отчетности (часть 1) // Социально-
экономические явления и процессы. –2015.– № 2(048). – С. 67-73
14
Мамошина О.В. Бухгалтерский баланс как основная форма бухгалтерской отчетности (часть 1) // Социально-
экономические явления и процессы. –2015.– № 2(048). – С. 67-73
Buxgalteriya
balansini
shakllantirish
prinsiplari
Balansning
to‘g‘riligi
•
Balansning
haqqoniyligi
•
Balansning
birligi
•
Balansning
davomiyligi
Balansning
aniqligi