Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 8
Buxgalteriya balansining muhimligi va ahamiyati korxonaning aktivlari va
passivlari harakati ustidan to‘liq nazorat qilish, keyinchalik foyda olish maqsadida u
yoki bu resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilishning maqsadga muvofiqligini
aniqlash, salbiy iqtisodiy hodisalarning oldini olish yoki oqibatlarini pasaytirish,
moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatini taqdim etishidan
iborat. Ushbu maqsadlarga erishish uchun buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan
foydalanuvchilarni buxgalteriya balansi sub’ektlari deb nomlash mumkin.
Buxgalteriya balansi sub’ektlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1.
Qonunchilik va ijro hokimiyati organlari;
2.
Investorlar va aktsionerlar;
3.
mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar;
4.
turli xil kreditorlar.
Buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarining turli xil
ma’lumotlardan foydalanadilar. Korxonaning joriy va kelgusidagi to‘lovga
layoqatlilik kabi ma’lumotlar mol yetkazib beruvchilar va kreditorlarni, korxonaning
foydalilik darajasi aktsionerlar va investorlarni, aylanma mablag‘larning harakati va
holati ichki foydalanuvchilarni qiziqtiradi. Bundan ko‘rinadi-ki, buxgalteriya balansi
ma’lumotlaridan foydalanuvchilarining ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlari turli xil.
Shundan kelib chiqqan holda buxgalteriya balansi ma’lumotlarini shakllantirishga
nisbatan ma’lum bir talablar ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansiga nisbatan qo‘yilgan talablar
“Buxgalteriya balansi” nomli 15-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan
tartibga solinadi.
“Buxgalteriya balansi” nomli 5-sonli BHMS buxgalteriya balansini topshirish
chog‘ida oshkor qilinadigan axborotga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi
10
. Ushbu
standartning 4-bandida “Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri oshkor
qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak”
11
ligi ta’kidlangan.
Ushbu 15-son BHMs O‘zbekiston Respublikasida Buxgalteriya balansining
mazmuniga hamda undagi axborotlarni shakllantirishga nisbatan talablarni tartibga
soluvchi asosiy hujjat hisoblanganiga qaramasdan, buxgalteriya balansini tuzishda
amal qilinadigan printsiplar keltirilmagan.
Mamlakatimizdagi soha mutaxassislari hisoblangan A.AKarimov, F.R.Islomov,
A.Z.Avloqulov, R.D.Dusmuratov, D.Xolboev, I.K.Ochilov, D.X.Azlarov va
10
Бухгалтерия баланси. 15-сон
бухгалтерия ҳисобининг миллий стандарти. Ў
збекистон Республикаси Молия
вазирининг 2003 йил 12 мартдаги 45-сон буйруғи
билан тасдиқланган. Ў
збекистон Республикаси Адлия
вазирлиги томонидан 2003 йил 20 мартда 1226-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган.
https://lex.uz/acts/839065
11
Бухгалтерия баланси. 15-сон
бухгалтерия ҳисобининг миллий стандарти. Ў
збекистон Республикаси Молия
вазирининг 2003 йил 12 мартдаги 45-сон буйруғи
билан тасдиқланган. Ў
збекистон Республикаси Адлия
вазирлиги томонидан 2003 йил 20 мартда 1226-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган.
https://lex.uz/acts/839065