Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 5
rahbariyati, korxona mulkdorlari, banklar va investorlar, kreditorlar va debitorlar
oldida hisobot taqdim qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Korxona mablag‘lari va ularning manbalarini guruhlash va umumlashtirish
vositasi sifatida va ularni qiymat ifodasida aks ettirganligi hamda moliyaviy hisobot
tarkibida asosiy o‘rin tutganligi sababli buxgalteriya balansining turlari va shakllarini
o‘rganishning dolzarbligi oshib boradi.
Buxgalteriya balansining turlari va shakllarini turkumlagan holda o‘rganish
korxonaga buxgalterlik moliyaviy hisobotni yuritishning maqbul usulini tanlashga
imkon beradi. Shu bois har xil vaziyatlar uchun buxgalteriya balansining
turkumlanishini ko‘rib chiqamiz.
Buxgalteriya balansining turkumlanishiga nisbatan soha mutaxassislari
tomnidan turli xil yondashuvlar mavjud. Jumladan, M.S.Ribyantseva va
Ye.A.Oksanichlar buxgalteriya balansi tuzish maqsadlaridan kelib chiqqan holda turli
xil belgilar bo‘yicha turkumlanishini keltirishgan. Buxgalteriya balansini turkumlash
belgilari bo‘yicha quyidagilarni keltirishgan:
buxgalteriya balansini tuzish vaqti bo‘yicha;
buxgalteriya balansida aks etgan ma’lumotlar bo‘yicha;
buxgalteriya balansini tuzish manbalari bo‘yicha;
buxgalteriya balansi axborotlari hajmi bo‘yicha;
buxgalteriya balansining tozaligi bo‘yicha;
korxona faoliyati tavsifi bo‘yicha;
mulkchilik shakllari bo‘yicha;
buxgalteriya balansini tuzish maqsadlari bo‘yicha
1
.
Rossiyalik
mutaxassi
M.A.Ryabova
va
N.A.Bogdanovalar
tomonilan
buxgalteriya balansini quyidagi belgilar bo‘yicha turkumlashga e’tibor qaratish
lozimligi ko‘rsatilgan:
− tuzish vaqti bo‘yicha;