251
2-m o d d a. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z
vaqtida
to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan
ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining vazifalari:
– buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati,
mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda
aniq ma’lumotlarni
shakllantirish;
– samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
3-m o d d a. Buxgalteriya hisobi subyektlari
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Res-
publikasida ro‘yxatga
olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston
Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba
korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari
buxgalteriya hisobi subyektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugul-
lanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda buxgalteriya
hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi.
4-m o d d a. Buxgalteriya hisobi obyektlari
Asosiy va joriy aktivlar,
majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar,
daromadlar
va xarajatlar foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan
bogliq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama schyotlarda aks ettiriladi.
Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan
mustaqil ravishda belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: