Buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

8-modda. Imzo huquqi
Pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun
asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning
kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek, buxgalteriya hisobotlari
va balanslari rahbar tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan
imzolanadi.
Rahbar imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarining ikkita
ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga rahbarlik vazifalarini amalga
oshiruvchi shaxs, ikkinchisiga – buxgalteriya hisobi va moliyaviy
boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, shaxslarning imzosi
bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.
9-m o d d a. Boshlang‘ich hisob hujjatlari
Xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun operatsiyalar
amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich hisob hujjatlari va
ularni o‘tkazishga doir farmoyishlar asos bo‘ladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga
oshirilayotgan vaqtda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo‘linganidan
keyin tuziladi.
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular
amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli
boshlang‘ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida ular aks
ettiriladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
– korxonaning (muassasaning) nomi;
– hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan joy va sana;
– xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor o‘lchovi (natu-
ra holida va pulda ifodalangan holida);
– mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar
ularning o‘z vaqtida to‘g‘ri va amal tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya
hisobida aks ettirish uchun ularning belgilangan muddatlarda topshi-
rilishiga javobgardirlar.
Boshlang‘ich hisob hujjatlariga xo‘jalik operatsiyasi qatnashchilari
tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank
va kassalar hujjatlarida tuzatishlar va o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘-
yilmaydi.


254

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin