Buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

Yillar Balans
Ishlab chiqarilgan Yillik
Jamg‘arilgan
Qoldiq
qiymati
mahsulot hajmi
amortizatsiya amortizatsiya
qiymat
summasi
1-yil
50000
80000
8000
8000
42000
2-yil
50000
120000
12000
20000
30000
3-yil
50000
100000
10000
30000
20000
4-yil
50000
80000
8000
38000
12000
5-yil
50000
100000
10000
48000
2000
Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiyani hisoblash usuli obyekt-
lardan foydalanish muddati, ularning tuzilish xususiyatlari bilan
cheklangan hamda mazkur aktivlarning xo‘jalik faoliyati hajmi yilma-
yil o‘zgargan hollarda qo‘llaniladi.
Jadallashtirilgan (tezkor) usullar. Qoldiqli kamayish hamda
kumulyativ usullar tezkor usullar bo‘lib hisoblanadi. Tezkor usullar
mohiyati shundaki, asosiy vositalardan foydalana boshlaganda hisob-
langan amortizatsiya summasi obyekt xizmat muddatining yakunida
hisoblangan amortizatsiya summasidan ancha yuqori bo‘ladi. Ishlab
chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalarning ko‘pgina turlari foyda-
lanishning dastlabki yillarida ancha samarali xizmat qilishi hamda yuqori
ishlab chiqarish xususiyatiga egaligidan kelib chiqib, bu usuldan
foydalaniladi. Bu esa, agar ularning foydaliligi va ishlab chiqarish
xususiyati keyingi yillarda ancha yuqori bo‘lsa, u holda asosiy vosi-
talardan foydalana boshlaganda eskirishning katta qismini hisobdan
chiqarish amalga oshiriladigan muvofiqlik qoidasiga javob beradi.
Tezkor usullar, xususan, texnologiyalar takomillashtirilishi tufayli
ko‘p turdagi uskunalar o‘z qiymatini yo‘qotishi (ma’naviy eskirishi)
bilan ham tushuntiriladi. Shunday qilib, eskirishning katta summasini
kelgusida emas, balki joriy hisobot davrida hisobdan chiqarish to‘g‘riroq
bo‘ladi. Yangi kashfiyotlar va materiallar ilgari xarid qilingan uskunaning
ma’naviy eskirishiga olib keladi va uni jismoniy eskirishdan ancha ol-
dinroq almashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Tezkor usullarning yana
bir afzalligi shundaki, ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar, odatda, obyektdan
foydalanish muddatining boshidagiga nisbatan oxirida ko‘proq bo‘lishi


76
hisoblanadi. Bu esa ta’mirlash xarajatlarining umumiy summasi va
amortizatsiya ajratmalari bir necha yillar davomida amalda doimiy bo‘lib
qolishiga olib keladi. Natijada, asosiy vositalar obyektlarining foydaliligi
ko‘p yillar davomida bir xilligicha qoladi.
Ikkala tezkor usulda ham dastlabki yillarda hisoblangan amortizatsiya
summalari ancha yuqori bo‘ladi, bajarilgan ishlar hajmiga proporsional
ravishda eskirish summasini hisoblash usuli esa amortizatsiya hajmining
yildan yilga keskin o‘zgarib turishi tufayli amortizatsiya o‘zgarishining
aniq tamoyili haqida tasavvur bera olmaydi. Har yili amortizatsiyaning
keskin o‘zgarishi asosiy vositalarning qoldiq qiymatida ham o‘z aksini
topadi. To‘g‘ri chiziqli usulda esa qoldiq qiymat miqdori tezkor
usullardagi qoldiq qiymatga nisbatan har doim ancha yuqori bo‘ladi.
Asosiy vositalarning har xil turlariga amortizatsiyaning turli usullari
qo‘llanilishiga ruxsat etilganligini, biroq bunda bir turdagi asosiy vosita
uchun faqatgina bitta usul qo‘llanilishi mumkinligini nazarda tutish lozim.
Soliqqa tortish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Soliq
Kodeksiga binoan amortizatsiya me’yorlari qo‘llanilishi lozim. Korxo-
naning hisob siyosatiga ko‘ra hisoblangan amortizatsiya bilan Soliq
Kodeksiga muvofiq hisoblanadigan amortizatsiya o‘rtasidagi farq
vaqtinchalik farq deyiladi, u vaqtinchalik farqlar hisobining soliq samarasi
yordamida hisobda aks ettiriladi.
Misol. «Imkoniyat» kompaniyasida faoliyatning dastlabki yilida soliq
to‘langunga qadar bo‘lgan foyda 250 ming so‘mni tashkil etgan. Bunda
hisob foydasi va soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasida farq mavjud, hisob
siyosatiga muvofiq ishlab chiqarish usulida hisoblangan amortizatsiya
130 ming so‘mni, soliqqa tortish maqsadlari uchun amortizatsiya esa
(to‘g‘ri chiziqli usulda) 100 ming so‘mni tashkil qilganligidan yuzaga
keladi. Bu aynan vaqtinchalik farq bo‘lib, soliqqa tortiladigan foyda uni
hisobga olganda 250000+(130000-100000)=280000 so‘mga teng. Foyda
solig‘ining 20%lik stavkasi bo‘yicha hisoblangan foyda solig‘i
(250000*20%)=50000 so‘mni tashkil etadi, lekin budjetga
(280000*20%)=56000 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi, bu ikki miqdor
o‘rtasidagi farq vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan foyda
solig‘i hisoblanadi va u qaysi hisobot davrida so‘ndirilishiga qarab bog‘liq
ravishda 0950 yoki 3210-schyotlarida aks ettiriladi.
Ushbu muomalalar bo‘yicha quyidagicha provodkalar beriladi:
D-t 9810-«Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» – 50000 so‘m.
D-t 0950, 3210-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha muddati uzaytirilgan
daromad solig‘i» – 6000 so‘m.


77
K-t 6410-«Foyda solig‘i bo‘yicha budjetga qarzlar» – 56000 so‘m.
Korxonaning hisob siyosatiga muvofiq hisoblangan amortizatsiya
Soliq Kodeksi bo‘yicha amortizatsiyadan yuqori bo‘lgan holatda mazkur
farq summasiga soliq bo‘yicha muddati uzaytirilgan qarz yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan misolning aksini ko‘rib chiqamiz, bunda hisob
foydasi 280000 so‘mni, soliqqa tortiladigan foyda esa – 250000 so‘mni
tashkil qilgan.
Buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo‘ladi:
D-t 9810-«Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» – 56000 so‘m.
K-t 6410-«Foyda solig‘i bo‘yicha budjetga qarzlar» – 50000 so‘m.
K-t 6250, 7250-«Soliqlarga oid vaqtinchalik farqlar bo‘yicha
muddati uzaytirilgan majburiyatlar» – 6000 so‘m.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin