Yillar Balans qiymati Yillik amortizatsiya Jamg‘arilgan Qoldiq summasi amortizatsiya qiymati 1-yil
50000
9600
9600
40400
2-yil
50000
9600
19200
30800
3-yil
50000
9600
28800
21200
4-yil
50000
9600
38400
11600
5-yil
50000
9600
48000
2000
Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblashda uning summasi
foydalanish muddati davomida bir xil bo‘ladi, jamg‘arilgan eskirish bir
tekisda oshib boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga
yetguncha bir tekisda kamayib boradi.
Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiyani hisoblash. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan amortizatsiyani hisoblash usuli asosiy
vositalarning har hisobot yilida bajargan ishining hisobiga asoslangan.
Mazkur usul bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami
foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ishlab chiqarishni
hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim.
Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar
miqdori va hokazolar olinishi mumkin.
Korxonada shu davr mobaynida 480000 so‘mlik mahsulot ishlab
chiqarilgan. 1-yilda – 80000, 2-yilda – 120000, 3-yilda – 100000, 4-
yilda – 80000, 5-yilda – 100000 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Mahsulot birligiga ketgan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng:
(50000–2000)/480000=0,1 har bir so‘mlik mahsulot uchun.
Yillik amortizatsiya summasi dastlabki qiymati–
tugatilish qiymati
xizmat qilish
muddati
=
/
75
Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiyani hisoblash jadvali