muvofiqlashtirish – talab va taklifni bir-biriga moslashtirish
muloqotlar – mahsulotni narxi, etkazib berish sharti va taklifning boshqa punktlari bo‘yicha muloqotlar o‘tkazish
jismoniy taqsimlash – tovarni transportirovka qilish va saqlash
moliyalashtirish – kanal faoliyatini ta’minldashga bog‘liq xarajatlarni qoplash.
Xulosa. Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarni sifatlarini boshqa firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani ko‘pincha kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravermaydi. Keyingi davr «sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi» nomini oldi. Bunda firmaning mahsulotini «mana tovar tayyor, kelavering va savdolashing» shiori bilan sotishni mo‘ljallash birinchi o‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali seriyali, ya’ni yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga yuqori darajada foyda qo‘lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz talabga ega bo‘lgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benihoya katta edi. XX – asrning 50 - yillarida boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa 32 ko‘rsatkichlarni uzoq muddatli o‘zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. Shunga ko‘ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko‘zda tutilgan. Marketing rivoji tarixida o‘tgan asrning 50-yillari muhim bosqich bo‘ldi. Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko‘rinib qoldi. Marketing - ishlab chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini iste’molchiga - «bozor ustunligi»ga mo‘ljal olish tashkil etdi. Marketing boshqaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi. XX asrning 60-yillariga kelib bozordagi o‘zgarishlarga qarab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va hal qilindi. O‘tgan asrning 70- yillarga kelib, marketingning shunday konsepsiyasi ishlab chiqildiki, u iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar hayotiga mustaqil kirib bordi. Mamlakat xo‘jalik sub’ektlari ichki faoliyatida yaxlit organizm tarzida va firma ichidagi rejalashtirishda ham markaziy o‘rinni marketing egalladi. Bu bozor iqtisodiyotiga qaratilgan strategik boshqarishning yangi shakli bo‘lib, u eng ko‘p foyda olish maqsadida tovarlarni uzluksiz ravishda ishlab chiqaruvchilar iste’molchiga xarajat qildiradigan, korxonani ishlab chiqarish va sotishni tahlil qilish ko‘p kamrovli tushunchadir. Ishlab chiqarish Tovarlar Oldi-sotdi va sotishni ragbatlantirish Sotish xajmini ko'paytirish hisobiga foyda olish Bozor Xaridorlar ehtiyoji Marketing chora-tadbirlari kompleksi Xaridorlar extiyojini qondirish orqali foyda olish 33 Mahsulotlar ko‘rinishi va texnologiyasi qisman o‘zgartirilgan holda ko‘plab ishlab chiqarishlar boshlandi. Raqobat kurashining asosiy shakli narx raqobatiga aylandi. SHuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador texnologiyalarni joriy etish yo‘lida doimiy kurash olib borish muvaffaqiyat garovi bo‘lib qoldi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi - bu konsepsiya korxonaning vazifasi yakka shaxslarning talabini o‘rganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning etishmasligi, umumjahon inflyasiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining g‘arib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga to‘g‘ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib turgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab etdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim ishga qo‘l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham o‘ylay boshlaydilar. Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch omilni o‘zaro bog‘liglikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari. Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ularning asosida tamomila yangi tovar va xizmatlar turlarini sotish tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va iste’molchilarning ehtiyojlari tobora o‘zgarmoqda. Iste’molchi nimani, qaerdan, 42 qanday ko‘rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda. Marketing konsepsiyasini tushunishga yangicha yondashuv ya’ni maqsadli guruhlar – strategik bozor segmentidan potensial mijozlar bilan yaqinroq ishlashga asoslanmoqda. Bozor tadqiqotlari yordamida bir xil iste’molchilar guruhlarini ajratib, strategik segmentlarni aniqlagan holda, korxona sezilarli miqdorda mablag‘lar tejab qoladi hamda mavjud va potensial mijozlar bilan kelgusi aloqalarda ko‘proq unumdorlikka erishadi. Tanlab olingan bozor sektorlari bilan faol kommunikatsiyalar iste’molchilarning katta qismi e’tiborini jalb qilishga imkon beradi va ularning aksariyati kompaniya mijozlariga aylanadi. Mana shu sababdan XXI asrning boshlaridan boshlab turli tarmoqlarda bozor etakchilarining ko‘pchiligi reklama, PR, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvlar, ichki firma munosabatlari uchun javob beradigan bo‘limlarni birlashgan kommunikatsiya xizmatlariga birlashtirishi ro‘y berdi. Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalaridan foydalanuvchi kompaniyalar soni o‘smoqda. Innovatsion faoliyat yo‘nalishlari eng avvalo, ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste’molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko‘rishini o‘rganish natijalari bilan belgilanishi lozim. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ushbu mahsulotni laboratoriyada sinab ko‘rishga emas, balki bozorda tekshirib ko‘rishga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud bo‘lgan mahsulot bilan emas, balki uning ishlab chiqilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy marketingdan farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori kon’yunkturasini o‘rganish, innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalaydi. Innovatsion marketing ob’ekti intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari hisoblanadi. 43 Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Innovatsiyalarni tijoratlashtirish esa yoki mukammallashmagan, yoki umuman bo‘lmagan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida innovatsiyalar ishlab chiqarishni emas, ularni amaliy qo‘llashni tashkillashtira oladiganlar g‘olib kelmoqda. Innovatsion marketing iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy biznesda ustuvorlikni «funksional» mahsulotlardan «innovatsion» mahsulotlarga o‘tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi: funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o‘tirmasdan xarid qilinadi (kerak bo‘lib qoldi — ko‘rib qoldi — xarid qildi); innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so‘nggi so‘zini ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha qisqaroq bo‘ladi. Yangi mahsulot iste’molchi ahamiyatga ega deb hisoblaydigan har qanday yangilik kiritish yoki mavjud tovarni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Biroq yangilik darajasi turlicha bo‘lishi va bir necha pog‘onada ko‘rib chiqilishi mumkin. Korxona uchun ilgari hech ham ishlab chiqarilmagan tovarlar innovatsion tovarlar bo‘ladi. Shunday qilib, innovatsion marketing majmui maqsadli bozorga va innovatsiyalar potensial iste’molchisiga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, raqobat muhiti va iste’molchilar istaklaridagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob qaytarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar yig‘indisini ifodalaydi.