Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Hisobvaraq nomini mustaqil yozing



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Hisobvaraq nomini mustaqil yozing.
Kredit 13101 
Hisobvaraq nomini mustaqil yozing.
Bu buxgalteriya provodkasi agar mijozning talab qilinguncha saq-
lanadigan depozit bo„yicha hisobvarag„ida kreditni qaytarish uchun 
yetarli pul mablag„lari bo„lgan holda bajariladi. Agar qarzdorning hisob-
varag„ida ssudani qaytarish uchun mablag„i yo„q bo„lsa, ssuda summasi 
13101 – “Xususiy korxonalar, xo„jalik shirkatlari va jamiyatlarga beril-
gan muddati o„tgan kreditlar” hisobvarag„iga o„tkaziladi. 
Bu operatsiya bo„yicha quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga 
oshiriladi. 
Debet 13105 “Xususiy korxonalar, xo„jalik shirkatlari va jamiyat-
larga berilgan muddati o„tgan kreditlar” 
Kredit 13101 “Xususiy korxonalar, xo„jalik shirkatlari va jamiyat-
larga berilgan qisqa muddatli kreditlar” . 
Qaytarish muddati kelganda to„lanmagan va shundan so„ng 90 kun 
o„tgandan so„ng ham qaytib kelmagan ssudalar 13109 “Xususiy korxona 
va nodavlat korporasiyalariga berilgan qisqa muddatli shartlari qayta 
ko„rib chiqiladigan kreditlar” balans hisobvarag„iga o„tkaziladi. 
Korxona hisobvarag„iga pul kelib tushgandan so„ng kreditni 
qaytarish bo„yicha buxgalteriya provodkalari bajariladi. Bu buxgal-
teriya yozuvlarini mustaqil yozishga harakat qiling. 
Kreditlarning qaytishi ma‟lum riskni talab qiladi. Shu sababli 
banklarda kreditlar bo„yicha zararlarni qoplash zaxirasi tashkil etiladi. 
Xususiy korxonalariga va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 
bo„yicha zararlarni qoplash zaxirasining hisobini olib borish uchun 
13199 balans hisob raqami ochiladi. Unda bankning xususiy firmalar, 
shirkatlar, jamoa xo„jaliklari hamda korxonalari, korporasiyalariga ber-
gan qarzlari undirib olinmay qolishi mumkin bo„lgan qismi bo„yicha 
ko„riladigan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiralar hisobi olib bo-
riladi. Analitik hisob har bir mijoz va kredit turlari bo„yicha alohida shax-


174 
siy hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Boshqa mulkchilik shakllariga tegishli 
bo„lgan korxona, tashkilot, firma, bank va boshqalarga kredit berish va 
berilgan kreditlarni qaytarish bo„yicha operatsiyalar ham xuddi shu 
tarzda amalga oshiriladi. Faqat tegishli hisobvaraqlar tizimi ishlatiladi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin