137
imzolar va muhr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlan-
gan nusxasi.
Vakillik hisobvarag„i Markaziy bank farmoyishiga ko„ra ochiladi.
Vakillik hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitorlari
Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisobvarag„i
ochish to„g„risidagi farmoyish tijorat banki hududiy boshqarmasi va
bo„limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy bankining Toshkent
shahar Hisob-kitob markaziga jo„natiladi.
Shunday qilib, bankning vakillik hisobvarag„i bu – tijorat bankiga
O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Hisob-
kitob Markazida ochilgan hisobvaraq bo„lib, u banklararo hisob-
kitoblarni o„tkazishga mo„jallangan. Tijorat banklarining filiallariga esa
Bosh bankda vakillik hisobvarag„i ochiladi.
Vakillik hisobvarag„i ham boshqa hisobvaraqlar singari 20 raz-
ryaddan iborat. Hisob-kitob markazida vakillik hisobvaraqlari tijorat
banklariga hamda hisob kassa markazlariga ochiladi. Boshqa banklarga
ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21302- balans hisob raqami bo„yicha,
hisob kassa markazlariga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21304-balans
hisob raqami orqali olib boriladi. Masalan: A bankining Bosh bankiga
Toshkent Hisob-kitob Markazida asosiy vakillik hisobvarag„ini ochgan.
Uning BDMAB tomonidan berilgan kodi 00429. A bankiga ochilgan
vakillik hisobvarag„i nomeri quyidagicha bo„ladi:
Dostları ilə paylaş: