Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

21302000K00000429001 
bunda:
21302 – “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlariga to„lashga” 
deb nomlangan balans hisobvarag„i nomeri; 
000 – valuta kodi, bu 3 ta nol vakillik hisobvarag„ining “so„m” da 
yuritilishini bildiradi;
K – nazorat kaliti;
00000429 – bankning unikal kodi, ya‟ni A bankining kodi- 00429. 
Lekin har bir hisobvaraqda unikal kod uchun 8 ta raqam ajratilgani 
sababli bu kod nollar bilan to„ldiriladi.
001 – ushbu bank hisobvarag„ining tartib nomeri.
Yuqorida ko„rsatilgan vakillik hisobvarag„i Toshkent shahar Hi-
sob-Kitob Markazida yuritilib, Hisob-Kitob Markazi uchun passiv 
hisobvaraqlardir. Mablag„larning kelib tushishi va hisobvarag„ qoldig„i 
hisobvaraqning kredit qismida, mablag„larning kamayishi esa uning 


138 
debet qismida aks ettiriladi. Barcha to„lovlar vakillik hisobvarag„i qol-
dig„i chegarasida amalga oshiriladi.
Har bir bankning balansida ham vakillik hisobvarag„i ochiladi va 
yuritiladi. Bu hisobvaraq bank balansining aktiv qismida yuritilib, bank-
ning ichki vakillik hisobvarag„i deb nomlash mumkin. Bosh bankning 
ichki vakillik hisobvarag„i 10301 – balans hisob raqamida yuritiladi. Ti-
jorat bankining Hisob-kitob Markazida ochilgan 21302 – vakillik hisob-
varag„i tashqi vakillik hisobvarag„i deb yuritiladi. To„lovni amalga 
oshirish uchun asosiy mezon operatsion kunning boshida ichki va tashqi 
vakillik hisobvaraqlaridagi aylanmalarning va qoldiq mablag„larining 
bir-biriga mos kelishi hisoblanadi. To„lovning eng katta summasi chek-
lanmagan. Har kuni ertalab hisob markazi tomonidan berilgan tijorat 
banki hisobvarag„idan ko„chirmasi tijorat banki tomonidan tasdiqlangan-
dan so„ng ushbu hisobvaraq bo„yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi.
Shunday qilib, turli tipdagi banklar o„rtasidagi banklararo hisob-
kitoblar Toshkent shahar Hisob-kitob markazi orqali tashkil etiladi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin