Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Hisob-kitoblar Markazi
– bu O„zbekiston Respublikasi Marka-
ziy banki hududiy bosh boshqarmalarining buxgalteriya hisobi, hisob 
va hisob-kitoblar boshqarmasining bo„limi bo„lib, uning funksiyasiga 
banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat ko„rsatish va banklararo 
hisob-kitoblarning uzluksizligini ta‟minlash kiradi.
7.3. Elektron to„lovlar tizimining joriy etilishi 
 
O„zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o„tishi bilan 
bank tizimida bir qator o„zgarishlar bo„lib o„tdi. Ikki pog„onali bank 
tizimi paydo bo„ldi, tijorat banklarining shoxobchalari kengaytirildi. 
Bundan tashqari, turli mulkchilik shakllarining paydo bo„lishi banklar 
o„rtasidagi munosabatlarning ko„payishiga olib keldi. Shu munosabatlar 
bo„yicha hisob-kitoblarni o„z vaqtida tezkorlik bilan amalga oshirish 
uchun yangi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish zarurati tugildi.
Ilgari pochta yoki telegraf orqali to„lov hujjatlari bir bankdan 
ikkinchi bankka jo„natilganda to„lovlar bir necha kunga, hatto 15-20 
kunga cho„zilib ketar edi. Bundan tashqari, noqonuniy avizolarni jo„na-
tish hollari ham kuzatilgan edi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish 
maqsadida yangi to„lovlar tizimini joriy etish masalasi kun tartibiga 
qo„yildi. Vazirlar Mahkamasining 1994-yilning 18-martdagi 146-sonli 
“Bank tizimini rivojlantirish va pul muomalasini barqarorlashtirish 


139 
chora-tadbirlari” haqidagi qarorida banklararo hisob-kitoblarni yaxshi-
lash bilan bog„liq bo„lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi. Ular 
quyidagilardir:
1. Bank tizimini kompyuterlashtirish va bank kompyuter markazlari-
ni joriy etish; 
2. Elektron pochta (elektron to„lovlar) tizimini ishlab chiqish va 
joriy etish; 
3. Hisob ishlarini avtomatizatsiyalashtirish; 
4. Noqonuniy hisob-kitob operatsiyalari o„tkazishning oldini olish; 
5. Noqonuniy avizo-ogohnomalarni rasmiylashtirishga yo„l qo„ymaslik. 
6. Pochta avizolarini bekor qilish. 
Ko„pgina tijorat banklarida bankning hisob ishlarini mexani-
zatsiyalash darajasi juda past ekanligini hisobga olib O„zbekiston Res-
publikasi Markaziy banki banklararo hisob-kitoblarni elektron pochta 
tizimi orqali tashkil etishga qaror qildi. Elektron pochta orqali to„lovlar 
tizimini texnik jihatdan o„rnatishning uncha qimmat emasligi, qisqa 
muddatda tatbiq etilishi, kadrlarni tez muddatlarda o„qitilishi yangi 
tizimning joriy etilishini tezlashtirdi. Dastlab tajriba o„tkazildi. 1994-
yilning iyul-oktabr oylarida Markaziy bank tomonidan dastur ishlab 
chiqildi va shu yilning 1-oktabridan elektron pochta tizimidan tajriba 
sifatida foydalanila boshlandi. Tajriba davomida uni ishlatish bo„yicha 
o„zgarishlar kiritildi. Dastlab to„lovlarni 2-4 kun ichida o„tkazilishga 
erishildi. 
Iqtisodiyotdagi hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida 1995-yil 
boshidan boshlab har bir viloyatda Markaziy bank qoshidagi hududiy 
hisob markazlarini tashkil etishga qaror qilindi. Har bir tumandagi ilgari 
faoliyat ko„rsatib kelgan kliring markazlari yopilib, ularning faoliyati 
to„xtatildi. Shu munosabat bilan oddiy pochta avizolari bekor qilindi. Res-
publika ichidagi barcha hisob-kitoblar uzog„i bilan ikki kun ichida 
o„tkazilishi belgilab berildi. Shu tariqa elektron to„lovlar tizimi joriy etildi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin