142
Banklardan kelgan har bir elektron fayl bir daqiqa interval bilan
qayta ishlab turiladi. Kelgan har bir fayl ichki nazoratdan o„tkaziladi
Tekshiruvdan muvaffaqiyatli o„tgan fayl hisob-kitoblar markazida qayta
ishlashga ruxsat etiladi. Kelib tushgan to„lov
turiga qarab XKMda
buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Lekin tekshiruv jarayonida
biror bir yozuvida xato chiqsa ham fayl to„lig„icha bankka qaytariladi.
Ilgari Hisob-kitob markazida banklararo aylanmalarni o„tkazish
uchun bir qator hisobvaraqlar yuritilar edi. 2003-yil sentabr oyidan
boshlab turli tipdagi bosh banklar o„rtasidagi
banklararo hisob-kitoblar
Toshkent shahar hisob-kitob markazi orqali o„tkazila boshladi,
boshqa
viloyatlardagi hisob-kitob markazlarining faoliyati to„xtatildi. Bir bank-
ka qarashli filiallar o„rtasidagi hisob-kitoblar bosh bank tomonidan
tashkil etila boshladi. Biz turli tipdagi banklar o„rtasidagi
banklararo
hisob-kitoblarni o„tkazish tartibi bilan tanishib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: