Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga 2-ILOVA Mazkur Yo‘riqnoma rus tilida tasdiqlangan.
Hujjatning matni Norma gazetasi va axborot-qidiruv
tizimi ekspertlari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima
qilingan va axborot tusiga ega. Noaniqliklar kelib
chiqqanida me’yoriy-huquqiy hujjatning rus tilidagi
matniga qarang.
Hujjatning rus tilidagi
matniga qarang
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini qo‘llash bo‘yicha YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnomaga quyidagilarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan
AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i,
AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i
Birinchi qism. Uzoq muddatli aktivlar
Ikkinchi qism. Joriy aktivlar
Uchinchi qism. Majburiyatlar
To‘rtinchi qism. Xususiy kapital
Beshinchi qism. Moliyaviy natijalarning
shakllanishi va ishlatilishi
Oltinchi qism. Balansdan tashqari schyotlar
BIRINCHI QISM. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR I BO‘LIM. ASOSIY VOSITALAR, NOMODDIY VA BOSHQA UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR
Muqaddima
1-§. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)
2-§. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)
3-§. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan
asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0310)
4-§. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)
5-§. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500)
6-§. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600)
7-§. O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)
8-§. Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800)
9-§. Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni
hisobga oluvchi schyotlar (0900)
1. Ushbu bo‘limning schyotlari quyidagilar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan:
a) mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
b) mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
v) qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga, chet el kapitali mavjud bo‘lgan va boshqalarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar;
g) mahalliy (respublikamiz hududida ishlab chiqarilgan) va xorijdan keltirilgan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risida;
d) barcha turdagi kapital qo‘yilmalar;
e) olingan veksellar bo‘yicha hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi, moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar, xodimlarning uzoq muddatli qarzlari, boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar, vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar.
2. Ushbu bo‘limda quyidagi schyotlar bo‘yicha hisob yuritish tartibi yoritiladi:
0100 - Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0200 - Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar;
0300 - Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0400 - Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
0500 - Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar;
0600 - Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0700 - O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0800 - Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0900 - Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar.