15-§. Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat)
bo‘yicha olingan mulk (015)
450. 015 “Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat)bo‘yicha olingan mulk” schyoti oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) ishtirokchilariga tegishli va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun olingan mulklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni birgalikdagi faoliyat ishonchli shaxsida umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
015 “Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat)bo‘yicha olingan mulk” schyotidan oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) ishtirokchilaridan oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) bo‘yicha olingan mulk mulk egasiga qaytarilganda hisobdan chiqariladi.
015 “Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat)bo‘yicha olingan mulk” schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) ishtirokchilariga tegishli har bir mulk ob’ekti bo‘yicha yuritiladi.
16-§ Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar (016)
451. 016 “Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar” schyoti xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan vaqtinchalik foydalanish uchun olingan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Huquq egasi va foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi, mualliflik shartnomasi va boshqa shu kabi xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini beruvchi va qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar (masalan, huquq egasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tovar belgisidan aniq muddat mobaynida, aniq hududda foydalanish huquqini, mahsulot ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqaruvining texnologik dasturidan foydalanish huquqi, sanoat namunasidan foydalanish huquqini va boshqa shu kabi huquqlarni berish.) asosida nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini olish bilan bog‘liq operatsiyalar 016 “Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar” balansdan tashqari schyotining debetida aks ettiriladi.
Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar016 “Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar” schyotida shartnomada belgilangan bahoda hisobga olinadi.
Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar qaytarilganda 016 “Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar” balansdan tashqari schyoti kreditlanadi.
016 “Foydalanish huquqi bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob huquq egasi va foydalanish huquqi bo‘yicha olingan har bir nomoddiy aktivlar ob’ekti bo‘yicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |