7-§. To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning
zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi (007)
442. 007 “To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti qarzdorlarning to‘lashga qobiliyatsizligi tufayli zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarining holati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunday qarz hisobdan chiqarilgan paytidan boshlab besh yil davomida qarzdorlarning mulkiy holati o‘zgargan vaqtda qarzni undirib olish imkoniyatini kuzatib borish uchun balansdan tashqari schyotda hisobga olinishi lozim.
Ilgari zararga hisobdan chiqarilgan qarzni undirib olish natijasida kelib tushgan summaga pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti bilan bog‘langan holda debetlanadi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan summaga 007 “To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti kreditlanadi.
007 “To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir qarzdor bo‘yicha yuritiladi.
8-§. Majburiyatlar va to‘lovlarni
ta’minlash - olingan (008)
443. 008 “Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - olingan” schyoti majburiyat va to‘lovlarning bajarilishini ta’minlash uchun olingan kafolatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Agar kafolatda summa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. 008 “Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - olingan” schyotida hisobga olingan ta’minot summasi qarzlarning qoplanishi doirasida hisobdan chiqariladi.
008 “Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - olingan” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir olingan ta’minot bo‘yicha yuritiladi.
9-§. Majburiyatlar va to‘lovlarni
ta’minlash - berilgan (009)
444. 009 “Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan” schyoti majburiyat va to‘lovlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha berilgan kafolatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Agar, kafolatda summa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartlaridan kelib chiqib aniqlanadi. 009 “Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan” schyotida hisobga olingan ta’minot summasi qarzlarning qoplanishi doirasida hisobdan chiqariladi.
009 “Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir berilgan ta’minot bo‘yicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |