9-§. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning
ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800)
429. Qonunchilikda belgilangan foyda solig‘i bo‘yicha yil davomida hisoblangan bo‘nak to‘lovlari va qayta hisoblash bo‘yicha haqiqatda foydadan to‘lovlarni hisobga olish uchun quyidagi schyotlar mo‘ljallangan: (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi)
9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”;
9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar”.
430. Yil davomida byudjetga foydadan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan to‘lovlar 9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblanadigan boshqa soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar” schyotining debetida byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni (turlari bo‘yicha) hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi)
Hisobot davri tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda 9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar” schyoti 9910 “YAkuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bog‘langan holda yopiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha analitik hisob soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari bo‘yicha yuritiladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi)
431. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800)ning bog‘lanishi:
T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
|
Dostları ilə paylaş: |