1-§. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)
3. Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0110 "Er";
0111 "Erni obodonlashtirish";
0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish";
0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar";
0130 "Mashina va asbob-uskunalar";
0140 "Mebel va ofis jihozlari";
0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi";
0160 "Transport vositalari";
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar";
0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar";
0190 "Boshqa asosiy vositalar";
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar".
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
4. Mol-mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003 yil 9 oktyabrdagi 114-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) "Asosiy vositalar" (2004 yil 20 yanvarda 1299-son bilan bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 yil, 3-son, 35-modda)ga muvofiq va ushbu mol-mulkni xarid qilish vaqtida olingan pasport va tavsiflar, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
5. Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang‘ich qiymatda hisobga olinadi:
a) korxonaning ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ularning ulushi hisobidan kiritilgan ob’ektlar - tomonlarning kelishuviga asosan;
b) korxonaning o‘zida tayyorlangan, shuningdek to‘lov evaziga boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan ob’ektlar - ushbu ob’ektlarni (inshoot, qurish, tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu ob’ektlarni xarid qilishda, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (boshqa majburiy to‘lovlar), shuningdek etkazib berish, yig‘ish, o‘rnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda; (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi kichik band)
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan, shuningdek hukumat idoralari tomonidan subsidiya ko‘rinishida olinganlari - qabul qilish sanasidagi bozor bahosi yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati faqat qurib bitkazilganda, qo‘shimcha jihozlanganda, rekonstruksiya qilinganda, modernizatsiya qilinganda, texnik qayta qurollantirilgandava qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda o‘zgartirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 490-sonli "Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2002 yilgi parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-sonli "Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2014 yilgi parametrlari to‘g‘risida"gi qarorigamuvofiq, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari) mulkchilik shaklidan qati nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Bunda mikrofirma va kichik korxonalar 1 yanvar holatiga asosiy fondlarini har uch yilda bir marta qayta baholaydi.Asosiy vositalar bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti (krediti) bo‘yicha 8510 "Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
6. Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
7. Korxonaning o‘zi tomonidan qurilgan, shuningdek pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita ob’ektlarni tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0810 "Tugallanmagan qurilish" schyotining krediti bo‘yicha kirim qilinadi.
8. Mol etkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan asosiy vosita ob’ektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotining krediti bo‘yicha kirim qilinadi.
9. Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530 "Tekinga olingan mulklar" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Biroq, soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati foyda solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
10. Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularning boshlang‘ich qiymati tegishli (0100) asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
11. 0110 "Er" schyotida qonunchilikka muvofiq korxonaga mulk sifatida berilgan er maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 "Er" schyotining debetida, shuningdek er maydonlarini xarid qilishda to‘lanadigan qo‘shimcha xarajatlar, ko‘chmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish bilan bog‘liq soliqlar, zovurlar qiymati, erlarni tozalash va tekislash xarajatlari hisobga olinadi.
Erlarni foydalanishga tayyorlash, jumladan suv olib kelish, oqova suvlarni chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari bo‘yicha umumiy xarajatlar 0110 "Er" schyotida kapitalizatsiya qilinadi. CHunki ushbu xarajatlar erdan kelgusida foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.
Er maydoni bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun sotib olinganda, mavjud konstruksiyalar va boshqa to‘siqlarni bartaraf etish qiymati 0110 "Er" schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda konstruksiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlarni kamaytiradi.
Agar er maydoni oldindan tasarrufda bo‘lsa va mavjud konstruksiyalar yangi qurilish ob’ektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish bo‘yicha xarajatlar 0110 "Er" schyotiga kapitalizatsiya qilinmaydi, balki eski konstruksiyalarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajat sifatida aks ettiriladi.
12. 0111 "Erni obodonlashtirish" schyotida er maydonlari tuzilishini o‘zgartirish, kelish yo‘llari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining to‘xtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash xarajatlari hisobga olinadi.
13. 0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish" schyotida moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog‘liq kapital xarajatlar hisobga olinadi.
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha kapital xarajatlarga shuningdek rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham qo‘shiladi.
14. 0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar" schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
a) bino - ishlab chiqarish, ma’muriy, ijtimoiy-maishiy, uy-joy (inventar ob’ekti bo‘lib, mustaqil xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida turgan bino yoki qo‘shimcha qurilishlar hisoblanadi). Bino va qo‘shimcha qurilishlar tarkibiga bir me’yorda foydalanish uchun sharoit yaratib beradigan barcha kommunikatsiya tizimi (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimlari, ichki telefon va kompyuter tarmoqlari, lift xo‘jaligi, yong‘indan saqlash va qo‘riqlash signalizatsiya tizimi) kiradi;
b) inshootlar - avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, osma yo‘llar, suv ombori, neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar;
v) o‘tkazuvchi moslamalar - elektr quvvatini uzatish tizimlari, truba yo‘llari, issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar.
15. 0130 "Mashina va asbob-uskunalar" schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
a) kuchlantiruvchi mashina va uskunalar - atom reaktorlari, qozonlar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuchlantiruvchi transformatorlar, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar;
b) ishchi mashinalar va uskunalar - mehnat buyumlariga mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa texnologik ta’sir ko‘rsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar;
v) o‘lchov va boshqaruv moslamalari va laboratoriya uskunalari hamda jihozlari - tarozilar, manometrlar, termostatlar, dispetcher nazorati uskunalari, signalizatsiya, ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, seysmologik stansiya uskunalari va boshqalar;
g) boshqa mashinalar va uskunalar - telefon stansiyasi uskunalari va boshqa oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar.
16. 0140 "Mebel va ofis jihozlari" schyotida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun mo‘ljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yig‘imlari, kreslo, temir seyflar va boshqalar), shuningdek ofis jihozlari (telefaks apparati, qog‘oz qirqadigan va yo‘q qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi.
17. 0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi" schyotida kompyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.
18. 0160 "Transport vositalari" schyotida temir yo‘l, suv, havo, avtomobil, ishlab chiqarish va kommunal transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi, shuningdek magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi.
19. 0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar" schyotida ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar - otlar, ho‘kizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa ishchi hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida foydalaniladigan hayvonlar) hamda mahsulot (nasl, sut, jun va boshqalar) beradigan hayvonlar - sigirlar, biyalar, qo‘ylar, echkilar va boshqalar hisobga olinadi.
20. 0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar" schyotida ko‘kalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor daraxtlar va o‘simliklar, yashil devorlar va boshqalar hisobga olinadi.
21. 0190 "Boshqa asosiy vositalar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda sanab o‘tilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.
22. 0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar" schyotida qonunlarda belgilangan tartibda konservatsiyalangan asosiy vositalar hisobi yuritiladi. (AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band)
23. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |