T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarning kelib tushishi
|
0310
|
6950
7910
|
2
|
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning xususiy asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilishi.
Bir vaqtning o‘zida eskirish summasining o‘tkazilishi
|
0110-0190
0299
|
0310
0211-0290
|
3
|
Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilgan ob’ektga hisoblangan eskirish summasi
|
0299
|
0310
|
4
|
Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilgan ob’ektlar bo‘yicha moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha to‘lanmay qolgan qoldiqning:
joriy qismiga;
uzoq muddatli qismiga.
|
6950
7910
|
0310
0310
|
5
|
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
b) qiymatining kamaytirilishi.
|
0310
8510
|
8510
0310
|
4-§. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)
41. Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0410 "Patentlar, litsenziyalar va nou-xau";
0420 "Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari";
0430 "Dasturiy ta’minot";
0440 "Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari";
0460 "Franchayz";
0470 "Mualliflik huquqlari";
0480 "Gudvill";
0490 "Boshqa nomoddiy aktivlar".
42. Ob’ektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish tartibi va ularning tarkibi qonunchilik asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2005 yil 25 maydagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) "Nomoddiy aktivlar" (2005 yil 27 iyunda 1485-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2005 yil, 25-26-son, 188-modda) asosida tartibga solinadi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
43. Nomoddiy aktivlar quyidagi ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang‘ich bahoda nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi:
a) ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgani - tomonlarning kelishuvi bo‘yicha;
b) to‘lov asosida boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan ushbu ob’ektlarni xarid qilish va tayyor holatga keltirish bo‘yicha amalga oshirilgan - haqiqiy xarajatlar bo‘yicha;
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan ob’ektlar - kirim qilish sanasidagi bozor bahosida yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha;
g) korxonaning o‘zi tomonidan yaratilgan yoki korxonaning o‘zida ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida olingan ob’ektlar - haqiqiy tannarxi bo‘yicha.
44. Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning ulushlari hisobiga kiritilgan nomoddiy aktivlarni kirim qilish (0400) nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan nomoddiy aktivlar, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti, 0830 "Nomoddiy aktivlarni xarid qilish" schyotining kreditiga kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida, 8530 "Tekinga olingan mulk" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Agar nomoddiy aktiv korxonaning o‘zi tomonidan yaratilsa va uni yaratish xarajatlarining aniq summasini aniqlash imkoni mavjud bo‘lsa, u holda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan holda ushbu xarajatlar ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI) yoki ilmiy-tadqiqot, sinov konstruktorlik ishlari (ITSKI) xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
45. Gudvill (firma bahosi)"ning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2005 yil 25 maydagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standartiga (7-son BHMS) "Nomoddiy aktivlar"ga (2005 yil 27 iyunda 1485-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2005 yil, 25-26-son, 188-modda) muvofiq amalga oshiriladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
46. Nomoddiy aktivlar chiqib ketganda (sotilganda, tekinga berilganda va boshqalarda) ularning boshlang‘ich qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning (0400) kreditidan 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
47. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |