T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilishi
|
0110-0190
|
0810
|
2
|
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib olingan ob’ektlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi
|
0110-0190
|
0820
|
3
|
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan ob’ektlarning moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyin asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinishi (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi satr)
|
0110-0190
|
0310
|
4
|
Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulush (pay) sifatida kiritilgan yoki aksiyalarga to‘lov sifatida kelib tushgan asosiy vositalarning kirim qilinishi
|
0110-0190
|
4610
|
5
|
Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi
|
0110-0190
|
8530
|
6
|
Asosiy vositalarning ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan kelib tushishi
|
0110-0190
|
6110, 6120
|
7
|
Qo‘shimcha qurish, uskunalar o‘rnatish, modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va boshqa sifat jihatidan yaxshilash natijasida asosiy vositalar boshlang‘ich qiymatining ko‘payishi
|
0110-0190
|
0890
|
8
|
Erni obodonlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish
|
0111
|
0850
|
9
|
Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish
|
0112
|
0860
|
10
|
Ishchi va mahsuldor xayvonlarning asosiy vositalar tarkibiga kirim qilinishi
|
0170
|
0840
|
11
|
Asosiy vositalarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
b) qiymatining kamaytirilishi.
|
0110-0199
8510
|
8510
0110-0199
|
12
|
Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarish
|
9210
|
0110-0190
|
13
|
Ajratilgan bo‘linmalarga asosiy vositalarning berilishi
|
4110
|
0110-0190
|
14
|
Qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar
|
0199
|
0110-0190
|
2-§. Asosiy vositalarning eskirishini
hisobga oluvchi schyotlar (0200)
24. Korxonaning mulki hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0211 "Erni obodonlashtirishning eskirishi";
0212 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi";
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi";
0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi";
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi";
0260 "Transport vositalarining eskirishi";
0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi";
0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi";
0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi".
Analitik hisobning tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
25. Asosiy vositalar bo‘yicha eskirish O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova) va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003 yil 9 oktyabrdagi 114-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) "Asosiy vositalar"da (2004 yil 20 yanvarda 1299-son bilan bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 yil, 3-son, 35-modda) belgilangan me’yorlar va usullar bo‘yicha hisoblab yoziladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
26. Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
a) mahsuldor hayvonlarga;
b) kutubxona fondlariga;
v) hokimiyat qaramog‘idagi obodonlashtirish inshootlariga;
g) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlarga; (AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi kichik band)
d) muzey qiymatliklariga;
e) san’at va arxitektura yodgorliklariga;
j) umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llariga;
z) to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.
27. 0211 - 0290 schyotlarida mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
28. 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyotida moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga olinadi.
29. Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda olib boriladi.
30. Ijaraga beruvchi korxonalar operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotining debetida aks ettiradilar.
31. Korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
32. Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |