Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə91/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
21-bhms ilova lotin

1-§. Operativ ijaraga
olingan asosiy vositalar (001)

436. 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti korxona tomonidan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Ijaraga olingan asosiy vositalar 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida shartnomada ko‘rsatilgan bahoda yuritiladi.
001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti bo‘yicha analitik hisob ijaraga beruvchilar bo‘yicha va har bir ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ektlari (ijaraga beruvchining inventar raqamlari) bo‘yicha yuritiladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band)
2-§. Mas’ul saqlashga qabul qilingan
tovar-moddiy qiymatliklar (002)

437. 002 “Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyoti mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Tovar-moddiy qiymatliklar 002 “Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyotida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki schyot-fakturada ko‘rsatilgan baholarda hisobga olinadi.
002 “Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” schyoti bo‘yicha analitik hisob korxonalar, turlari, navi va saqlash joyi bo‘yicha yuritiladi.
3-§. Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar (003)

438. 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyoti ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan to‘lanmaydigan va qayta ishlash uchun berilgan (davalcheskoe sыryo) buyurtmachining xom ashyo va materiallarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash yoki qo‘shimcha ishlov berish (buyurtmachining xom ashyo va materiallarining qiymatidan tashqari) xarajatlarining hisobi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yuritiladi.


Qayta ishlovga qabul qilingan buyurtmachining xom ashyo va materiallari 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyotida shartnomada ko‘rsatilgan baholarda hisobga olinadi.
003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” schyoti bo‘yicha analitik hisob buyurtmachilar, xom ashyo va materiallarning turlari, navlari va ularni saqlash joylari bo‘yicha yuritiladi.

Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin