Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Moliyaviy ijara shartnomasi



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə94/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
21-bhms ilova lotin

10-§. Moliyaviy ijara shartnomasi
bo‘yicha berilgan asosiy vositalar (010)

445. 010 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar” schyoti moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


010 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar” schyotidan moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar ijara muddatining tugashida egasiga qaytarilganda yoki boshqa sabablarga ko‘ra qaytarib olingan yoki shartnoma muddati tugagandan keyin ijarachi sotib olgan vaqtdan boshlab hisobdan chiqariladi.
010 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar bo‘yicha alohida asosiy vositalarning hisob inventar kartochkalari bo‘yicha yuritiladi.
11-§. Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulk (011)

446. 011 “Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulk” schyoti ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


011 “Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulk” schyotidan ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulklar shartnoma muddati tugashi bilan egasiga qaytarilganda hisobdan chiqariladi.
011 “Ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulk” schyoti bo‘yicha analitik hisob ssuda shartnomasi bo‘yicha olingan mulkning har bir ob’ekti bo‘yicha yuritiladi.
12-§. Kelgusi davrlarda soliq solinadigan
bazadan chiqariladigan xarajatlar (012)

447. 012 "Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar" schyotida mazkur hisobot davridagi soliq solinadigan bazaga kiritiladigan, biroq keyingi hisobot davrlaridagi soliq solinadigan foydadan chegiriladigan xarajatlar aks ettiriladi.


012 "Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar" balansdan tashqari schyotidagi analitik hisob soliq solinadigan bazadan chegiriladigan xarajatlar, ularning miqdori va ular chegiriladigan muddat to‘g‘risidagi axborotni ta’minlashi shart. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)

Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin