Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Komissiyaga qabul qilingan tovarlar (004)



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə92/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
21-bhms ilova lotin

4-§. Komissiyaga qabul qilingan tovarlar (004)

439. 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyoti shartnomaga muvofiq komissiyaga qabul qilingan tovarlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu schyotdan komissioner korxonalar foydalanadi.


Komissiyaga qabul qilingan tovarlar 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyotida qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida ko‘rsatilgan narxlarda hisobga olinadi.
004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob tovarlarning turlari va korxona - komitentlar bo‘yicha yuritiladi.
5-§. O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar (005)

440. 005 “O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyoti pudratchi korxonalar tomonidan montaj uchun buyurtmachidan olingan barcha turdagi uskunalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu schyotdan pudratchi korxonalar foydalanadi.


Uskunalar 005 “O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyotida buyurtmachi tomonidan tegishli hujjatlarda ko‘rsatilgan bahoda hisobga olinadi.
005 “O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyoti bo‘yicha analitik hisob alohida ob’ektlar yoki agregatlar bo‘yicha yuritiladi.
6-§. Qat’iy hisobot varaqlari (006)

441. 006 “Qat’iy hisobot varaqlari” schyoti saqlanayotgan va hisobdorlik asosida beriladigan kat’iy hisobot varaqlari - patta daftarchalari, guvohnoma blanklari, diplomlar, turli abonementlar, talonlar, tovarlarni kuzatib boruvchi hujjatlarning varaqlari va shu kabilarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Qat’iy hisobot varaqlariga kiritiladigan hujjatlar ro‘yxati, ularni saqlash va foydalanish tartibi korxona tomonidan o‘rnatiladi.
Qat’iy hisobot varaqlari 006 “Qat’iy hisobot varaqlari” schyotida shartli baholarda hisobga olinadi.
006 “Qat’iy hisobot varaqlari” schyoti bo‘yicha analitik hisob qat’iy hisobot varaqlarining har bir turi va ularni saqlash joylari bo‘yicha yuritiladi.

Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin