Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə41/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Moliyaviy ijara bo‘yicha to‘lovlarning joriy qismi



4810

0920

2

Operativ ijara bo‘yicha olinadigan summalarni hisoblash



4820

9350

3

Ijara bo‘yicha qarzlarni qoplash uchun ijarachilardan summalar kelib tushdi



5010-5530

4810, 4820

4

Olingan veksellar bo‘yicha foizlar hisoblandi



4830

9530

5

Mijozlardan kelib tushadiganlar aks ettirildi:
a) foizlar;
b) dividendlar;
v) royalti.



4830
4840
4850

9530
9520
9510

6

Korxonaning bankdagi schyotiga foizlar va dividendlar kelib tushdi



5110-5530

4830, 4840

7

Boshqa tashkilotlardan royaltining kelib tushishi



5110-5530

4850

8

O‘rnatiladigan asbob-uskunalar schyotida aniqlangan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, xatolar bo‘yicha mol etkazuvchilarga da’vo bildirildi



4860

0710-0720

9

Kapital qurilish uchun ilgari to‘langan, hajmning oshib ketishi, baholarning nomutanosibligi va schyotlardagi xatolar bo‘yicha pudratchilarga da’vo bildirildi



4860

0810-0890

10

Baholarning nomutanosibligi va arifmetik xatolar bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarning kamomadi bo‘yicha mol etkazib beruvchilarga da’vo bildirildi



4860

1010-2990

11

Kamomadlar, schyotlardagi xatolar, sifat bo‘yicha da’vo bildirildi (1510-schyotdan foydalanilganda)



4860

1510

12

Korxona schyotlaridan noto‘g‘ri olingan summalar bo‘yicha bankka da’vo bildirildi



4860

5110-5530

13

Kelib tushgan moddiy qiymatliklarni kirim qilishda mol etkazib beruvchilarga da’volar bildirildi



4860

6010

14

Boshqa korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun tan olingan jarima, penya va neustoykalar summasi



4860

9330

15

Qoniqtirilmagan da’vo summasi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarga olib borildi



Xarajatlarni
hisobga oluvchi
schyotlar



4860

16

Ajratilgan bo‘linmalar tomonidan turli tashkilotlarga xizmat ko‘rsatildi



4890

6110

17

Boshqa korxonalar va shaxslar hisobidan xodimlarga tegishli bo‘lgan summalar



4890

6710

10-§. Dargumon qarzlar bo‘yicha
rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900)

215. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlarning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv” schyotida amalga oshiriladi.


216. Korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblari bo‘yicha dargumon qarzlari summasiga rezerv tashkil qilinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga olib boriladi.


Belgilangan muddatda qoplanmagan va tegishli kafolatlar bilan ta’minlanmagan korxonaning debitorlik qarzi dargumon qarz sifatida tan olinadi.
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv hisobot yili oxirida korxonaning debitorlik qarzlarining inventarizatsiyasi natijalari asosida tashkil etiladi.
Rezerv hajmi har bir dargumon qarz bo‘yicha alohida, qarzdorning moliyaviy ahvoli (to‘lov qobiliyati) va qarz summasini to‘liq yoki qisman to‘lash ehtimolini baholash asosida aniqlanadi.
Agar shubhali qarz bo‘yicha rezerv tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha ushbu rezervning ma’lum bir qismi ishlatilmasa, u holda ishlatilmagan summa tegishli yilning foydasiga qo‘shiladi va foyda solig‘ini hisoblashda soliq bazasiga qo‘shilmaydi.
Ilgari korxona tomonidan dargumon qarz sifatida tan olingan qarzlarni balansdan chiqarish 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv” schyotining debetida tegishli debitorlar bilan hisob-kitoblar (olinadigan schyotlar)ni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Ishlatilmagan dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv summasining foydaga qo‘shilishi 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv” schyotining debetida va 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir dargumon qarz va rezerv tashkil qilingan muddat bo‘yicha yuritiladi.

217. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin