T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Savdo korxonalari tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar uchun o‘tkazib berildi
|
4710
|
5110-5530
|
2
|
Kreditga olingan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olindi
|
4710
|
6810, 7810
|
3
|
Kreditga olingan tovarlarning to‘lovi uchun xodimlardan kelib tushgan navbatdagi to‘lovlar summasi
|
5010, 5110
|
4710
|
4
|
Kreditga olingan tovarlar uchun xodimlarning mehnat haqidan ushlab qolingan to‘lovlar
|
6710
|
4710
|
5
|
Xodimlarga berilgan qarzlar summasi
|
4720
|
5010-5530
|
6
|
YAroqsiz mahsulotdan ko‘rilgan yo‘qotishlar moddiy zararni yuzaga keltirgan aybdor shaxslar hisobiga hisobdan chiqarildi
|
4730
|
2610
|
7
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar
|
4730
|
9210, 9220
|
8
|
Qimmatli qog‘ozlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar
|
4730
|
0610-0690, 5810-5830
|
9
|
Tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar
|
4730
|
1010-2990
|
10
|
Inventarizatsiya natijasida kassadagi pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining kamomadi
|
4730
|
5010, 5020, 5610
|
11
|
Xodimlarga pul ekvivalentlari berildi
|
4790
|
5610
|
12
|
Boshqa operatsiyalar bo‘yicha xodimlarning qarzi zararga hisobdan chiqarildi, agar undirilishi sud tomonidan rad etilgan bo‘lsa
|
9430
|
4790
|
9-§. Turli debitorlar qarzlarini
hisobga oluvchi schyotlar (4800)
205. YUqorida tushuntirish berilgan olinadigan schyotlarda ko‘rsatilmagan turli operatsiyalar, jumladan, olinadigan foizlar, dividendlar, royalti, moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar, da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar va boshqalar bo‘yicha debitorlar bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar”;
4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar”;
4830 “Olinadigan foizlar”;
4840 “Olinadigan dividendlar”;
4850 “Olinadigan royalti”;
4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar”;
4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”.
206. 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyotida shartnomaga muvofiq, moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan ijara to‘lovlarining joriy qismi hisobga olinadi. Ijara to‘lovlari joriy qismining kelib tushishi 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
207. 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyotida shartnomaga muvofiq. ijara bo‘yicha olinadigan ijara to‘lovlari hisobga olinadi. Ijara to‘lovlari hisoblanganda 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyoti bilan bog‘langan holda debetlanadi. Ijara to‘lovlarining kelib tushishi 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
208. 4830 “Olinadigan foizlar” schyotida foizlarni hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi. Muddati o‘tgan foizlar alohida hisobga olinadi va ular bo‘yicha shartnomaga muvofiq penya hisoblanadi.
209. 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlarni hisoblash bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
210. 4850 “Olinadigan royalti” schyotida royaltini hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi.
211. 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” schyotining debetida da’volar bo‘yicha hisob-kitoblar, jumladan:
a) mol etkazib beruvchilarga, pudratchilarga va transport tashkilotlariga ularning schyotlari tekshirilganda shartnomada kelishilgan va preyskurantda nazarda tutilgan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, shuningdek arifmetik xatolar aniqlanganda - mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan schyotlardagi baholarning oshib ketishi yoki arifmetik xatolar tovar-moddiy qiymatliklar yoki xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yozuvlar amalga oshirilganidan so‘ng aniqlanganda mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar yoki ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlar va tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda;
b) mol etkazib beruvchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga yukning kamomadi bo‘yicha mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar bilan bog‘langan holda;
v) mol etkazib beruvchilar yoki pudratchilarga ularning aybi bilan yuzaga kelgan, yaroqsiz mahsulotlar va bo‘sh turib qolishlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda;
g) korxonaning schyotlaridan noto‘g‘ri hisobdan chiqarilgan (o‘tkazilgan) summalar bo‘yicha bank muassasalariga, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda;
d) shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun mol etkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqalardan, to‘lovchilar tomonidan tan olingan yoki xo‘jalik sudi tomonidan belgilangan miqdorda olinadigan jarimalar, penyalar, neustoykalar bo‘yicha (to‘lovchilar tomonidan tan olinmagan, bildirilgan da’volar summasi hisobda aks ettirilmaydi), 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
212. 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” schyoti pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda kelib tushgan to‘lovlar summasiga kreditlanadi. Keyinchalik aniqlangan va olinishi kerak bo‘lmagan summalar, qoidaga muvofiq, hisobga olishga qabul qilingan shu schyotlarga 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bo‘yicha olib boriladi.
4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob da’volar bo‘yicha alohida yuritiladi.
213. 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyotida yuqoridagi schyotlarda ko‘rsatilmagan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Analitik hisob har bir debitor bo‘yicha alohida yuritiladi.
214. Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (4800)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |