T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Ajratilgan grant va subsidiyalar haqida xabarnoma olindi
|
4890
|
8810, 8820
|
2
|
Grant va subsidiyalar bo‘yicha mablag‘lar olindi
|
5110-5530
|
4890
|
3
|
Tegishli tuzulmalarning qaroriga muvofiq berilgan grant va subsidiya summasi korxona ustav kapitali hajmini ko‘paytirishga yo‘naltirildi
|
8810, 8820
|
8310, 8320, 8330, 8420
|
4
|
Tegishli tuzulmalarning qaroriga muvofiq ilgari berilgan grant va subsidiya summasi korxona rezerv kapitali hajmining ko‘payishiga yo‘naltirildi
|
8810, 8820
|
8530
|
5
|
A’zolik badallari va boshqa maqsadli tushumlar kelib tushdi
|
5010-5530
|
8830
|
6
|
Soliqqa tortishdan ozod qilish natijasida vujudga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari hisobga olindi
|
6410
|
8840
|
7
|
Soliqqa tortishdan ozod qilish bo‘yicha imtiyozli davrning tugashi natijasida vujudga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari hisobdan chiqarildi
|
8840
|
8530
|
8
|
Boshqa maqsadli tushumlar kelib tushdi
|
5010-5530
|
8890
|
7-§. Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar
rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar (8900)
372. Xarajatlar va to‘lovlarni xarajatlarga bir maromda olib borish maqsadida o‘rnatilgan tartibda rezerv qilingan summalarning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 8900 “Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari” schyotida amalga oshiriladi.
Xarajatlarga qo‘shiladigan summalarni rezervlash qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Rezervlarni hisoblash muomalalari 8910 “Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari” schyotining kreditida va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Rezerv qilingan summalar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar va to‘lovlar summasi zaxiralar miqdorini kamaytirib, 8910 “Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari” schyotining debetida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.
U yoki bu rezervning tashkil qilinishi va mablag‘larning foydalanilishi vaqti-vaqti bilan (yilning oxirida albatta) me’yor, hisoblar va boshqalarga asosan tekshirilib turiladi, zaruriyat tug‘ilganda to‘g‘irlanadi (korrektura).
8910 “Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir rezerv turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
373. Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlar (8900)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |