Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə76/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalar (qatnashchi ulushi) sotib olish qiymatida sotib olindi



8610, 8620

5110-5530, 6620

2

Sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni sotib olish bahosidan yuqori bahoda qayta sotish:
sotib olish qiymatiga;
sotib olish qiymatidan yuqori farqiga.



5010-5530
5010-5530

8610. 8620
9590

3

Sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotish:
sotish qiymatiga;
sotib olish qiymatidan past farqiga.



5010-5530
9690

8610, 8620
8610, 8620

4

Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni bekor qilish:
sotib olish qiymatiga;
nominal qiymatidan past farqiga.



8310,8320
8310,8320

8610, 8620
9590

5

Nominal qiymatidan yuqori bahoda sotib olingan aksiyalar (paylar)ni bekor qilish:
nominal qiymatiga;
nominal qiymatidan yuqori farqiga.



8310,8320
9690

8610, 8620
8610, 8620

5-§. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni
hisobga oluvchi schyotlar (8700)

360. Korxonaning barcha yillar bo‘yicha faoliyati va hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”;
8720 “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”.

361. 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotida korxonaning hisobot davrida faoliyati bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.


Sof foyda summasi hisobot davrining oxirida yakuniy yozuv bilan 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotining kreditiga, zarar summasi esa ushbu schyotning debetiga 9900 “YAkuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar” schyoti bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.
Taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar to‘lash uchun yo‘naltirilganda 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarar)” schyotining debetida va 6610 “To‘lanadigan dividendlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Taqsimlanmagan foyda summasidan qonunchilikda belgilangan tartibda rezerv kapitalini (fondini) shakllantirish uchun foydalanish mumkin, bunda 8710 “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyoti debetlanadi va 8520 “Rezerv kapitali (fondi)” schyoti kreditlanadi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi)
Hisobot davridagi taqsimlanmagan foydani taqsimlashdan keyin qolgan summa 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotidan 8720 “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)lar” schyotiga o‘tkaziladi.

362. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar (8700)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin