Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə72/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan summada, (korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin) ustav kapitali tasdiqlandi



4610

8310-8330

2

Foydaning bir qismi ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltirildi:
a) hisoblangan dividendlar miqdorida;
b) ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan foyda miqdorida.



8710

6610


6610
8310-8330

3

Ustav kapitali to‘plangan kapital miqdorigacha kamaytirildi



8310-8330

4610

4

Korxona ta’sischilariga ulushlari qaytarildi



8330

6620

5

Aksiyadorlardan sotib olingan va bekor qilingan xususiy aksiyalar ustav kapitalining kamaytirilishiga hisobdan chiqarildi:
a) nominal qiymatdan yuqori bahoda sotib olish:
nominal qiymatiga;
nominal qiymatidan oshgan summaga;
b) nominal qiymatidan past narxda sotib olish:
sotib olish qiymatiga;
nominal qiymatidan past summaga.



8310, 8320, 8410,
9690

8310, 8320


8310, 8320

8610, 8620
8610, 8620

8610, 8620


9590



2-§. Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar (8400)

346. Oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning aksiyalar nominal qiymatidan oshgan miqdori ko‘rinishidagi qo‘shilgan kapital naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umulashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


8410 “Emissiya daromadi”;
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi”.

347. 8410 “Emissiya daromadi” schyoti aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu mablag‘lar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schyoti kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanganda esa ushbu schyot debetlanadi.


8410 “Emissiya daromadi” schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar bo‘yicha alohida yuritiladi.

348. 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan valyuta va valyuta qiymatliklari, ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha baholanadi. Valyuta va valyuta qiymatliklarini va boshqa mulklarni baholash ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi ta’sis hujjatlarida belgilangan baholardan farq qilishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ustav kapitalini shakllantirishda Markaziy bank kurslarining o‘rtasida ta’sis hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada va ustav kapitaliga mablag‘lar haqiqatda kiritilgan sanada vujudga keladigan ijobiy kurs farqi buxgalteriya hisobida qo‘shilgan kapital sifatida 8420 "Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi" schyotida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ustav kapitalini shakllantirishda Markaziy bank kurslarining o‘rtasida ta’sis hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada va ustav kapitaliga mablag‘lar haqiqatda kiritilgan sanada vujudga keladigan salbiy kurs farqi 8420 "Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi" schyoti debetida ustav kapitalini shakllantirishda oldin vujudga kelgan ijobiy kurs farqi summalari doirasida aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishda ijobiy kurs farqi summasidan oshgan salbiy kurs farqi summasi 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyotining debetiga kiritiladi. Kurs farqlarining bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi ta’sischilarning ulushining o‘zgarmasligiga imkon beradi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)


8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir ta’sischi bo‘yicha alohida yuritiladi.

349. Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar (8400)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin