T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar olindi
|
5110-5530
|
7810-7820
|
2
|
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobiga olingan TMZ qabul qilindi
|
1010-2910
|
7810-7820
|
3
|
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobidan bo‘naklar berildi
|
4310-4330, 4410, 4510-4520
|
7810-7820
|
4
|
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar hisobidan mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarz to‘landi
|
6010
|
7810-7820
|
5
|
Berilgan veksel va obligatsiyalar evaziga uzoq muddatli qarz olindi
|
5110-5530
|
7830-7840
|
6
|
Uzoq muddatli kreditlar, qarzlar, obligatsiyalar va veksellarni joriy qismga o‘tkazish
|
7810-7840
|
6950
|
6-§. Turli kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli
qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7900)
334. Korxonaning turli jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi moliyaviy ijara, notijorat muomalalar (o‘quv yurtlari, ilmiy korxonalar va hokazo); transport korxonalarining ko‘rsatgan xizmatlari bo‘yicha, sud idoralarining qarorlariga va boshqa hujjatlarga asosan turli korxonalar va alohida shaxslar manfaati uchun korxona ishchilarining ish haqidan ushlangan summalar bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara”;
7920 “Turli kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar”.
335. 7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara” schyotida ijaraga olingan uzoq muddatli aktivlar uchun ijaraga beruvchi bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Korxonaga kelib tushgan uzoq muddatli aktivlar uchun ijaraga beruvchi oldidagi qarzlar 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti bilan bog‘langan holda 7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara” schyotining kreditida hisobga olinadi.
336. Korxonaning turli kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlari 7920 “Turli kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar” schyotining kreditida TMQ va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
7920 “Turli kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir kreditor bo‘yicha alohida yuritiladi.
337. Turli kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7900)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |