T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Diskont bilan sotilgan obligatsiyalarning diskont summasi
|
5110-5530
|
7210
|
2
|
Kechiktirilgan diskontning uzoq muddatli qismi joriy qismga o‘tkazildi
|
7210
|
6210
|
3
|
Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda hisoblangan mukofot summasi
|
5110-5530
|
7220
|
4
|
Kechiktirilgan mukofotning uzoq muddatli qismi joriy qismga o‘tkazildi
|
7220
|
6220
|
5
|
Kelgusida jo‘natiladigan TMZ, ko‘rsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar uchun oldindan pul mablag‘lari kelib tushdi
|
5110-5530
|
7230
|
6
|
Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning hisobot davriga taalluqli joriy qismi hisobdan chiqarildi
|
7230
|
6230
|
7
|
Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirish berildi
|
6410, 6510-6530
|
7240
|
8
|
Byudjetga to‘lovlar uchun hisobot davridagi soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobdan chiqarildi
|
7240
|
6240
|
9
|
Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar
|
9810
|
7250
|
10
|
Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘ining uzoq muddatli qismini joriy qismga o‘tkazish
|
7250
|
6250
|
326. Korxonaning buyurtmachilarga qisman tayyor TMQni etkazib berishi yoki ish bajarishi va xizmatlar ko‘rsatishi uchun olgan bo‘naklari bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar” schyotida amalga oshiriladi.
327. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar (7300)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi: