Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə64/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet



Kredit

1

Korxonaga o‘rnatiladigan asbob-uskunalar kelib tushdi



0710, 0720

7010

2

Kapital qo‘yilmalar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning bajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlari yuzasidan berilgan schyotlar to‘lovga qabul qilindi



0810-0890

7010

3

Mol etkazib beruvchilardan materiallar kelib tushdi



1010-1090

7010

4

Mol etkazib beruvchilardan o‘stirishga va bo‘rdoqiga boqiladigan hayvonlar kelib tushdi



1110, 1120

7010

5

Mol etkazib beruvchilardan turli TMZ kelib tushdi (1510-schyot qo‘llanilganda)



1510

7010

6

Mol etkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaxiralar sotib olinganda to‘langan QQS summasi hisobga olindi



4410

7010

7

Korxona tomonidan asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik, umumishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun mol etkazib beruvchilarning bajargan ish va xizmatlari (jumladan: energiya, gaz, bug‘, suv) qabul qilindi



2010, 2310, 2510, 2710, 9420-9430

7010

8

YAroqsiz mahsulotni tuzatish va kafolatli ta’mirlash bo‘yicha mol etkazib beruvchilarning ko‘rsatgan xizmatlari



2610

7010

9

Kelgusi davr xarajatlariga tegishli bo‘lgan mol etkazib beruvchilardan olingan ish va xizmatlar



3190

7010

10

Mol etkazib beruvchilardan tovarlar kelib tushdi



2910-2990

7010

11

Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotish jarayonida mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning ko‘rsatgan ish va xizmatlari



9410

7010

12

Tabiiy ofatlarni tugatishda mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning xizmatlari



9720

7010

13

Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning qarzlari uzoq muddatli qismdan joriy qismga hisobdan chiqarildi



7010

6010

14

Da’vo muddati tugagan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarildi



7010

9390

2-§. Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar (7100)

314. Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


7110 “Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz”;
7120 “SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarz”.

315. 7110 “Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz” schyotida korxonaning umumiy balansga qo‘shiladigan filiallar, vakolatxonalar, bo‘limlar va boshqa ajratilgan bo‘linmalar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlar (ichki xo‘jalik yoki balans ichidagi hisob-kitoblar) hisobga olinadi.


7110 Korxonaning turli xildagi muomalalar bo‘yicha ajratilgan bo‘linmalar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari “Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz” schyotining kreditida tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.

316. 7120 “SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarz” schyotida korxonaning sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari (balanslararo hisob-kitoblar yoki ichki idoraviy hisob-kitoblar) hisobga olinadi.


7120 “SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlar” schyotining kreditida turli xildagi muomalalar bo‘yicha sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi joriy majburiyatlar tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari, xarajat va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
7110 “Ajratilgan bo‘linmalarga bo‘lgan uzoq muddatli qarz”, 7120 “SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarz” schyotlari bo‘yicha analitik hisob har bir ajratilgan bo‘linma, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida yuritiladi.

317. Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (7100)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin